O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish; badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,adabiyot i “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Atoyi XV asrda Balxda1 tug‘ilgan. Atoyining hayot yo‘li, shaxsiyati haqida ma’lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo‘lgan Ismoil Ota avlodlaridan. Samarqand, Bux oro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilgan.Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bo bolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan.Hozirgi Qozog‘istonning Turbat qishlog‘ida unga nisbat berilgan qabr bor.Navoiy («Majolis un-nafois») Atoyi hayoti va ijodi haqida to‘xtalib: «Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlar idindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim: