o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni:
Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘z asarlaridir. U Buxoroda tavallud topgan. Uning tug‘ilgan yili haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan, biroq ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642–1645) hamda uning o‘g‘illari Abdulaziz (1645–1680) va Subhonqulixon (1681–1702) lar hukmronlik qilgan yillarda yashaganligi ma’lum. U Xo‘jandda vafot etgan.1681-yilda Miyonkolda xalq hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Turdi ham mana shu qo‘zg‘olonchilar orasida bor edi. So‘ng shoir Xo‘jand va O‘ratepa hokimi Rahimbiy otaliq panohida bo‘ladi. Rahimbiy vafot etgach, uning o‘g‘li Oqbo‘tabiy huzurida qoladi. Biroq shoir ancha moddiy qiyinchiliklar bilan yashaydi. Adibning she’rlari shundan dalolat beradi.Turdi ikki tilda ijod qilgan: uning o‘zbekcha asarlari qatorida tojikcha she’rlaridan ham ikkitasi bizgacha yetib kelgan. Bizga hozircha adibning 18 tagina she’ri ma’lum, xolos. Ular 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bir dona farddan iborat. Turdi o‘zi zamondosh bo‘lgan jamiyat illatlarini qattiq tanqid qildi , bu illatlarni mamlakat va millat fojiasi sifatida talqin qildi, millatd oshlarini uning oqibatlarini tezroq va to‘laroq tasavvur qil ishga undadi. Turdi adabiyotimiz tarixida satirik – tanqidiy yo‘nal ishni ancha baland cho‘qqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida shuhr at qozondi.