o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: XIX asr boshida barcha ma’lum moddalar kelib chiqishiga qarab mineral va organik moddalarga bo‘lindi. Ko‘pchilik olimlar organik moddalar faqat tirik organizmda hosil bo‘ladi degan 䞸krda edilar. Organik kimyo fan sifatida alohida ajralgan bo‘lsada ko‘pchilik olimlar unga shubha bilan qaradilar. F.Vyoller I.Berseliusga yozgan xatida (1835): “Organik kimyo hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to`la, zich o‘rmonga, kirishga kishi jur’at eta olmaydigan va kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o‘xshaydi”.Organik kimyoni fan sifatida rivojlanishida quyidagi kashfyotlarning amaliy ahamiyati katta bo‘ldi.* Nemis kimyogari F.Vyolerning 1824- yili o‘simlik a’zosida uchraydigan oksalat kislotani disiandan sintez qilishi* 1828-yili inson va hayvon a’zosida hosil bo‘ladigan mochevinani ammoniy sianatdan laboratoriya sharoitida sintez qilishi; * 1842-yilda rus olimi N.N.Zininning benzoldan anilinni sintez qilishi;* Nemis kimyogari A.V.Kolbe va ingliz olimi Franklendlarning sirka kislotani sintez qilishi; * 1854- yili fransuz kimyogari M. Bertloning yog‘ni olishi;* 1861-yili rus olimi A.M.Butlerovning chumoli aldegididan shakarsimon moddani olishi natijasida organik moddalar faqat inson va hayvon a’zosidagina uchramasligi isbotlanib, ularni sintez yo‘li bilan olishga keng yo‘l ochildi. Bu hodisalar organik kimyoning mustaqil fan sifatida shakllanishiga sabab bo`lgan. Organik kimyo – kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlariOrganik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Organik birikmalar tarkibida uglerodning borligi va uning boshqa el- ementlar bilan hamda boshqa uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali birikishi natijasida uzun uglerod zanjirini hosil qila olishi; 2. Organik birikmalarning tarkibida uglerod va vodorod borligi uchun, ular yonganda karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi;3. Suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ancha past; 4. Organik moddalar anorganik moddalarga nisbatan beqaror, harorat ta’sirida oson o‘zgaradi; 5. Organik birikmalar ko‘pchilik anorganik birikmalardan farq qilib dissotsialanmaydi va noelektrolitlar hisoblanadi; 6. Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma kovalent bo‘g‘lar orqali bog‘langan; 7. Organik birikmalarda izomeriya hodisasi uchraydi