o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: 1-tajriba. Glukozaning Mis (II)-gidroksid bilan reaksiyasi. Probirkaga 2-3 ml glukoza eritmasidan va shu miqdorda suyultirilgan Natriy gidroksid eritmasidan soling (NaOH dan ortiqcha miqdorda olinishi kerak). So‘ng bir necha tomchi Mis (II)-gidroksid eritmasidan qo‘shing. Probirkada hosil bo‘lgan eritmani kuzating. Laboratoriya ishi № 6 Mustaqil xulosalar uchun topshiriqlar. 1. Zangori rangli eritma nima? Ushbu tajriba nimani isbotlaydi? 2. Nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda avval sariq so‘ngra qizil cho‘kma hosil bo‘ladi? 3. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. 2-tajriba. Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyasi. Probirkaga 4-5 ml suv soling, ozgina kraxmal qo‘shing va aralashmani chayqating. Hosil bo‘lgan suspenziyani probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani doimo chayqatib turib oz-ozdan qo‘shing. Hosil bo‘lgan kleysterni sovuq suv bilan suyultiring (1:20) va ikkita probirkaga 3-5 ml dan soling. Bitta probirkaga yodning spirtdagi eritmasidan ozroq, ikkinchisiga esa kaliy yodid eritmasidan qo‘shing.Mustaqil xulosalar uchun topshiriq. 1.Nima uchun ko‘k rang faqat birinchi probirkada paydo bo‘ldi? 2.Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________