Yangi dars bayoni: 1-tajriba. Dietil efir olish. Gaz chiqarish nayi o‘rnatilgan probirkaga 2 ml etil spirti va ehtiyotlik bilan 2 ml kontsentrlangan sulfat kislota quying. Aralashmani qaynaguncha ehtiyotlik bilan qizdiring va yengil hidlab ko‘ring, dietil efir hidini sezasiz. Laboratoriya ishi № 5 2-tajriba. Yog‘larni sovunlash. Chinni kosachaga 3 g yog‘, margarin yoki sariyog‘ soling va 20 % li natriy gidroksid eritmasidan 7-8 ml quying. Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml etanol qo‘shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib va dastlabki hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo‘shib turgan holda 15-20 minut qaynating. Reaksiya kirishmagan yog‘ qolmaganini bilish uchun issiq aralashmadan ozginasini issiq suvli probirkaga oling. Agar sovundan so‘ng suv ustida yog‘ tomchilari paydo bo‘lmasa sovunlash jarayoni nihoyasiga yetgan bo‘ladi. Agar yog‘ tomchilari yuzaga chiqsa, aralashmani qaynatishni davom ettiring. Sovunlash reaksiyasi tugaganidan so‘ng hosil bo‘lgan massaga 0,5 g natriy xlorid qo‘shing va yana 1-2 minut qaynating.Mustaqil xulosalar uchun topshiriq. 1. O’tkazilgan tajriba natijasida suv yuzasiga qanday modda chiqdi? 2. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamasini yozing. 3. Yog‘larni sovunlash jarayoni qanday amaliy maqsadlarda foydalaniladi?
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________