Yangi dars bayoni: Kimyoviy tuzilish nazariyasini asosiy qoidalarning ikkinchi bandida moddalarning xossalari faqat ularning tarkibiga bog‘liq bo‘lmay, balki molekulada atomlarining o‘zaro birikish tartibiga ham bog‘liqligi qayd qilingan. Bu qoida organik birikmalarda ko‘p uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini ochib beradi. Izomeriya tushunchasi kimyo faniga XIX asrning 30-yillarida shved olimi I. Berselius tomonidan kiritilgan.A.M. Butlerov uglevodorodlar molekulasining tuzilishini o‘rganib, butan molekulasidan boshlab, molekula tarkibidagi atomlar turli tartibda bog‘lanishi mumkin, degan xulosaga keldi.Umumiy formulasi C4H10 bo‘lgan butanda uglerod atomlari ikki xil tartibda, ya’ni to‘g‘ri va tarmoqlangan zanjir shaklida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Molekuladagi atomlarni soni ortishi bilan izomerlar soni ham ortib boradi (geksanda – 5 ta, geptanda – 9 ta izomer bor)Keyinchalik izomeriyani boshqa turlari ham aniqlanib fanga kiritildi. Bizlar izomeriyaning quyidagi turlari bilan tanishib o‘tamiz.1. Tuzilish yoki zanjir izomeriyasi;2. Holat izomeriyasi;3. Sinflararo izomeriya;4. Geometrik izomeriyaTuzilish (zanjir) izomeriyasi bilan yuqoridagi butan va pentan misolida tanishib chiqdik. Ko‘rganimizdek, ularda uglerod atomlari bir-birlari bilan bog‘lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qiladilar.Holat izomeriyasi to‘yingan uglevodorod molekulasidagi o‘rinbosarlar (galogenlar) yoki funksional guruh o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Holat izomeriyasini yana bir ko‘rinishi to‘yinmagan uglevodorodlarda uchraydi va qo‘shbog‘ni yoki uchbog‘ni nechanchi uglerod atomlarida joylashgani bilan farqlanadilar.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________