Yangi dars bayoni: Ochiq zanjirli uglevodorodlar kabi aromatik uglevodorodlarni ham gidroksilli hosilalari bor. Bu birikmalarda gidroksil guruhlar yon zanjirdagi uglerod atomlariga yoki benzol halqasidagi uglerod atomlariga birikkan bo‘lishi mumkin.Tarkibida OH guruh bor bo‘lgan aromatik halqali birikmalarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1.Gidroksil guruhi benzol halqasidagi uglerodga bevosita birikkan birikmalarni fenollar deyiladi.2.Gidroksil guruh benzol halqasining yon zanjiridagi uglerodga birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aromatik spirtlar deyiladi.FenollarTarkibidagi OH soniga qarab bir atomli, va ko‘p atomli fenollar bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy xossalari. Fenolda gidroksil guruh benzol yadrosi bilan bevosita bog‘langanligi uchun undagi elektron zichligi benzoldagi kabi teng taqsimlanmaganligi sababli fenollar benzolga qaraganda reaksiyaga oson kirishadi. 1. Fenollar spirtlar kabi natriy metalli bilan ta’sirlashganda, fenolyatlarni hosil qiladi va vodorodni ajratib chiqaradi.2C6H5OH + 2Na 2C6H5ONa + H2 2. Spirtlardan farqli ravishda fenollar ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Bu fenolni kuchsiz kislotali hususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.: Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. 2 atomli aromatik spirtning izomerlarini yozing va xalqaro nomenklatura bo‘yicha nomlang? 2. 3 atomli aromatik spirtning izomerlarini yozing va xalqaro nomenklatura bo‘yicha nomlang? 3. Fenolning nitrat kislota bilan reaksiyasidan hosil bo’lgan moddani ko’rsating va nomlang. 4. Benzil spirt va fenol tarkibidagi σ va π bog’larning yig’indisini toping. 5. 1,2-digidroksibenzolni tarkibidagi σ va π bog’larning sonini toping. 6. 1,2,3-trigidroksibenzol) tarkibidagi σ va π bog’larni yig’indisini toping. 7. 2 mol fenol xlor bilan reaksiyaga kirishganda reaksiyadan so’ng 146 g galogenovodorod hosil bo’lgan bo’lsa, benzol halqasidagi vodorod bilan o’rin almashgan atom(lar) miqdorini toping.8. 0,25 mol fenol brom bilan reaksiyaga kirishganda reaksiyadan so’ng 60,75 g galogenovodorod hosil bo’lgan bo’lsa, fenol halqasidagi vodorod bilan o’rin almashgan atom(lar) miqdorini toping.