TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish;ularning xavfsizligini ta’minlay olish.
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi: axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.
Darsning turi: Guruhlarda ishlash,
Darsning jihozi: Darslik, tarqatma material.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. III.Yangi mavzu bayoni :Ushbu jadvalning ikkinchi ustuni bo`sh holatda har bir guruhga beriladi. Ular darslikdan foydalangan holda ushbu ustunni to`ldiradilar. Ma’lum vaqtdan keyin har bir guruhga jadvalning har ikkala ustuni to`ldirilggan holati beriladi va ular o`zlari yozganlari bilan solishtiradilar.
“Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusining tushunchalari tahlili.