III.Yangi mavzu bayoni : Diskni formatlash nima ekanligidan mavzuni tushuntirish boshlanadi. Disk formatlanganda hosil bo`lgan har bir yo`lkadagi sektor adres va ma’lumot maydonidan iborat bo`1adi.
Biror nomga ega bo`lgab va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmui fayl deb ataladi. Har bir fayl o`z nomiga ega. Turli OSlar fayl nomlariga turlicha talablar qo`yadi. M: ba’zilarda fayl nomi 8 belgidan oshmasligi va lotin harflarida yozilgan bo`lishi shart bo`lsa, ba’zilarida lotin va kirill harflarini qo`llash mumkin va belgilar soni 37 tagacha bo`lishi mumkin. MS DOS kabi OSlada fayl nomining davomida fayldagi ma’lumotlarning turini bildiruvchi qo`shimcha yoziladi. Bu qo`shimcha fayl nomining kengaytmasi deyiladi. U fayl nomidan nuqta bilan ajratilib, uchta belgidan oshmasligi kerak.
com, exe – kompyuter tiliga o`girilgan dasturlar bat – buyruqlar majmui
bas – BASIC dasturlash tilida yaratilgan dasatur
pas – Pascal dasturlash tilida yaratilgan dastur
Kataloglar bu fayllar nomlari, ularning hajni, atributlari, so`nggi yaratilgan vaqti va h.k.lar saqlanadigan maxsus joy. Uning WINDOWS OSidagi nomi papka. O`quvchilarga katalogosti, katalogusti (ona katalog), joriy katalog haqida ma’lumot beriladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Darsni tushuntirish jarayonida aytilganlar bevosita kompyuterda bajarib ko`riladi.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
VI.Uyga vazifa:12- darsni o`qib, konspekt olish
DO’TIBO’: B.R.Sirojeva Sana:_______________ Dars reja
Fan: INFORMATIKA va AT. Sana: 8a ( I )_____( II )_____: 8b( I )_____( II )_____: 8v( I )_____( II )_____: 8g ( I )_____( II )_____ 8d ( I )_____( II )_____