II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Fal nima? Uning nomi qanday ifodalanadi?
2. Fayl shakli, hajmi, nomi kompyuterning rusumiga bo`gliqmi?
3. Fayl kengaytmasi nimani ifodalaydi? Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz?
4. Katalog nima? Fayl bilan katalogning qanday farqi bor?
5. Joriy katalog nima?
III.Yangi mavzu bayoni : Avval kompyuterning tashqi xotirasi nima ekanligini yodga olib o`tish kerak. Bunga 12- § da o`tilganlarni so`rab bilish orqali erishiladi. So`ngra disklar haqida ma’lumot berish boshlanadi. Bunda eng avval vinchesterlar haqida ma’lumot beriladi. (Xonadagi ishdan chiqqan vincheter ko`rsatiladi).
Magnitli disklar haqida ma’lumot beriladi. Ularning 5,25 dyumli va 3,5 dyumlisi alohida namoyish qilinadi. Ularning bir-biridan farqlari va o`xshash tomonlari tahlil qilib beriladi. EMDlarning tuzilishi ko`rsatiladi. Bunda birorta eski disketaning ichi ochib ko`rsatish ko`zda tutilgan.
Optik disklar (CD va DVD) haqida ma’lumotlar beriladi. Bunda ham ular bilan EMDlar orasidagi faarq va o`xshash tomonlar sanab o`tiladi.
Flejkalar haqida ham ma’lumotla berilashi shart. Bunda flejkalarning axborot tashishda nihoyatda qulay va ishonchli ekanligi, ulardagi axborotni kompyuterning qidirib topishi nihoyatda tez ekanligi e’tirof etiladi.
Sistema disklari hamda vinchesterlar haqida ham to`xtalib o`tiladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Mustahkamlash uchun EMDlarga biror ma’lumot yozib ko`rish, yozilgan ma’lunotni o`chirib tahlash, ma’lumotning nomini o`zgartirish kabi amallarni o`quvchilarning o`zlari bajarib ko`rsalar maqsadga muvofiq bo`lar edi.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
VI.Uyga vazifa: 13- darsni o`qib konspekt qilish.