Sana f sinf



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə15/70
tarix19.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79693
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
ona5

A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Markaziy proyeksiyalash. Biror narsaning tekislikdagi proyeksiyasini hosil qilish uchun o’sha narsaning o’zi, tasvir (proyeksiya) tushirish uchun tekislik va yoritgich manbayi bo’lishi kerak 13.1-chizma, a da ana shular mavjud, bo’lib tasvir hosil qilish uchun stoldagi qutining burchaklari orqali chiroq nuri o’tkaziladi. Chiroq nurlari stol tekisligi bilan kesishib, qutidan tushayotgan soyaning konturini hosil qiladi. Bu yerda: narsa-quti, tekislik-stol sathi, yoritgich manbayi-chiroq, qutidan tushayotgan soya-tasvir (proyeksiya) hisoblanadi.
Endi qutini ABC uchburchakli shakli bilan, stol sathi H tekisligi bilan, chiroqni S nuqta bilan almashtirib, S nuqta orqali uchburchakning ABC nuqtalari orqali o’tuvchi yotdamchi chiziqlar o’tkazilsa, H tekislik bilan kesishib, ABC ning proyeksiyasini hosil qiladi(13.1-chizma, b).

Proyeksiyalash nuri S proyeksiyalar tekisligi H ga nisbatan o’tkir burchak ostida berilgan bo’lsa, unga parallel qilib shaklining ABC nuqtalardan yordamchi proyeksiyalovchi nurlar o’tkaziladi. Natijada bu nurlar H bilan kesishib, ABC ning proyeksiyasi A’B’C’ qiyshiq burchakli proyeksiyasini hosil qiladi(13.2-chizma,a).


Agar proyeksiyalash nuri s proyeksiyalar tekisligi H ga nisbatan perpendikular, ya’ni to’g’ri burchakda berilgan bo’lsa, to’g’ri burchakli proyeksiyalash hosil bo’ladi (13.2-chizma, b).

8-E va B sinf
I. Mavzu: Oktant va epyur haqida tushuncha.
II. Darsning maqsadi: o’quvchilarga oktant va epyur haqida umumiy tushuncha berish.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin