A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Oval chizish. Ovalning katta o’qi AB=120 mm, kichik o’qi CD=90 mm berilgan bo’lsa, ikkala o’qi o’zaro perpendikular qilib o’tkazib olinadi. Katta va kichik o’qlarga AB va CD o’lchamlar qo’yib chiqiladi. A ni C bilan tutashtiriladi va unga C dan OA va OC ning ayrimasi CE masofa C dan o’lchab qo’yiladi. AE kesma teng ikkiga bo’linib, uning o’rtasidan perpendikular yordamchi chiziq o’tkaziladi. Bu chiziq AB o’qni O1 nuqtada, CD o’qni O2 nuqtada kesadi. Bu nuqtalarni O dan o’ng tomonga va yuqoriga olib o’tib davom ettiriladi (12.1-chizma a). Oval chiziqni chizish O1 nuqtadan boshlanadi. Sirkulda O1 A radiusda 1-va 2- nuqtalar oralig’i, O2 C radiusda 2 O4 D radiusda 4- va 1- nuqtalar oralig’I birlashtirib chiqiladi. Shunda ovalning chizmasi yasaladi (12.1-chizma b).
Lekalo egri chiziqlari, ya’ni Ipatiya (370-415) konus kesimlardan (12.2-chizma, a) biri ellipsning chizilishi bilan tanishasiz.
Aylanalar o’zaro teng 12 qismga bo’lib chiqiladi hamda markazi O orqali o’tuvchi yordamchi diametrlari otkaziladi (12.2-chizma, b).
Katta aylanadagi nuqtalardan vertikal, kichik aylanadagi nuqtalardan gorizontal yordamchi chiziqlar o’tkazib, ular kesishtiriladi. Shunda ellipsning qo’shimcha nuqtalari I, II, IV, V, VII, VIII, X, XI topiladi va ular berilgan A,B,S,D nuqtalar orqali o’tadigan qilib lekaloda tutashtirib chiziladi (12.2-chizma, d).
8-E va B sinf I. Mavzu: Proyeksalash usullari. Markaziy va parallel proyeksalash. II. Darsning maqsadi: o’quvchilarga proyeksiyalash usullarini va markaziy proyeksiyalsh haqida ma’lumot berish.
Dostları ilə paylaş: |