III.Yangi mavzu bayoni: “Frank" so`zi - jasur, erkin degan ma`nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo`llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o`rta va quyi oqim bo`ylarida yashaganlar.Franklar dengiz bo`yi (sali) va qirg`oq (ripuar) franklariga bo`linganlar.Franklarning g`arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo`lganlar. Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.
Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o`rnatgan va 486- yilda Shimoliy Galliyani egallagan._ Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan. Bu davlat qirollik davlati edi.
Yodda tuting
486- yilda Franklar davlati tashkil etildi.Xlodvig davlatning asoschisi bo`ldi. Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.
Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o`z qo`liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o`z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo`lgan. Ularni qirol tayinlaydigan graflar boshqargan.
Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urug`dan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan. ,,Sali haqiqati" odamlar o`rtasida tabaqalanish ro`y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko`p bo`lgan. ,,Sali haqiqati"ga ko`ra o`ldirilgan urug` a'zosi uchun o`ldirgan urug` xun to`lagan.
IV.Mustahkamlash:Rasmga qarab ta`rif bering.Bu shaxs kim?
IV.Mustahkamlash:
1. Sizningcha, nima sababdan varvar qirolliklari orasidan faqat franklar davlati saqlanib qolgan?
2. Nima sababdan franklardagi benefitsiy, senyor, allod, vassal kabi atamalar lotin tilidan olingan?
3. Qirol Xlodvig nega unga qarshi chiqqan jangchini darhol jazolamasdan, harbiy ko‘rik paytidagina chopib tashlagan?
4. «Sali haqiqati»ni qanday hujjat deb hisoblaysiz? Unga tavsif bering. Nima uchun hujjatni Xlodvig o‘qib eshittirmoqda?