I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Sizningcha, nima sababdan varvar qirolliklari orasidan faqat franklar davlati saqlanib qolgan?
2. Nima sababdan franklardagi benefitsiy, senyor, allod, vassal kabi atamalar lotin tilidan olingan?
3. Qirol Xlodvig nega unga qarshi chiqqan jangchini darhol jazolamasdan, harbiy ko‘rik paytidagina chopib tashlagan?
4. «Sali haqiqati»ni qanday hujjat deb hisoblaysiz? Unga tavsif bering. Nima uchun hujjatni Xlodvig o‘qib eshittirmoqda?
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1Buyuk Karl. 2.Italiya va Ispanya urushlari. 3.Sakslarga qarshi urushlar. 4.Franklar imperyasi. 5.Davlat boshqaruvi. 6.Franklar davlatining inqirozi.
Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o`g`li Karl o`tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun ,,Buyuk" laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi,jasur, zabardast va matonatli shaxs bo`lgan.
O`rta asrlarda Buyuk Karl to`g`risida juda ko`p afsonalar to`qilgan, qo`shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.
Buyuk Karlning istilochilik urushlari.
Unga Ispan markasi deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan.Buyuk Karl sakslarni bo`ysundirish uchun ko`p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo`lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho`zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo`lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi.
Shu tariqa Frank qirolligi hududlari nihoyatda kengaya borgan. Bunga Buyuk Karl va uning safdoshlari 476- yilda barham topgan g`arbiy Rim imperiyasining qayta tiklanishi sifatida qaraganlar.Endi Buyuk Karl imperatorlik tojini orzu qila boshlaydi. Tez orada uning bu orzusi ro`yobga chiqqan.Rim Papasi 800- yilda Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan. Shu davrdan boshlab u rimliklar imperatori deb atala boshlangan. E'tibor bering, u franklar imperatori emas, rimliklar imperatori deb e'lon qilindi. Nega shunday bo`ldi, axir bu davrda rimliklar degan xalq yo`q ediku? Bu Rim imperiyasi davri an'anasining IX asrda ham odamlarga hamon katta ta'sir ko`rsatishda davom etganligining natijasi edi.
o`sha davrning boshqa mashhur imperiyalari - Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi ham tez orada Buyuk Karl imperatorligini tan olgan.