Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə21/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash
1. Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rnashadi?
2. Amvrosiy Avrelian haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. German qabilalari istilolari qanday oqibatlarga olib keldi?
4. Siz qirol Alfred faoliyatiga qanday baho berasiz?


III.Yangi mavzu bayoni:
919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o`tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.
Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo`ldi. Bu urushlar feodallarni o`z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo`shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo`ysunishga majbur etardi.
Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko`p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.
936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o`tirdi. U Genrix I ning o`g`li edi. Otton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do`stona aloqa o`rnatish, qarindosh-urug`chilik munosabatlarini yo`lga qo`yish vositalari orqali erishdi. Yepiskoplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko`plab yer taqdim etdi.
Yangi imperiуаraga “Muqaddas Rim imperiyasi” degan nom berildi. 962- yilda Germaniya imperiyasi tashkll topdi. U ,,Muqaddas Rim imperiyasi" deb ataldi. Imperiya asoschisi Otton I edi.

Imperatorlar va Rim papalari o`rtasidagi kurash 1122yilda Vorms konkordati imzolanishi bilan tugadi. Ungako`ra, imperator yoki uning vakillari faqat Germaniyadagina yepiskop saylashda qatnashadigan bo`lganlar. Ko`p yillik kurashlar davrida cherkovdan tortib olingan yerlar yana cherkovga qaytarib berilgan. Yepiskoplikka saylangan ruhoniyning saylanganligi haqidagi belgi ikki qismga bo`lingan. Birinchisi uzuk va hassa bo`lib, u Papa tomonidan berilgan. Ikkinchisi imperiya hassasi bo`lib, uni imperator taqdim etgan. Imperiya hassasi yepiskoplarning imperator vassali ekanligini anglatib turuvchi ramziy ma'noni bildirgan. Bundan tashqari, imperator Rim Papasining ruhoniylar saylashi tartibini ham tan olgan.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin