I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Kiyev rusi qay tarzda tashkil topadi?
2. Oleg, Igor, Svyataslovlar knyazligida davlatning asosiy vazifalari nima hisoblangan?
3. Kiyev Rusi davlatining boshlang’ich va yuksalgan davrlardagi (XI asr) yutuq va muammolarini qiyoslab bering?
III.Yangimavzubayoni: Franklar imperiyasida madaniyat. Buyuk Karl o‘z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol farmoniga ko‘ra xalq maktablari joriy etiladi. Unga binoan, maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o‘qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do‘stlari, olimlar — saroy akademiyasi a’zolari saboq berishgan. Saroy akademiyasi antik davr mualliflari asarlarini o‘rganish, she’rlar bitish bilan shug‘ullangan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni zamondoshlari ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli «mehnatsevar chumoli» deb ataganlar. Saroy akademiyasining yana bir a’zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan. Vizantiya madaniyati. O‘rta asrlar davrida Vizantiya o‘ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg‘or mamlakati bo‘lib qoladi. Sababi, german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G‘arbiy Rimdan farqliroq, Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi — ellinizm muhim o‘rin tutgan.
Ilm-fan eng rivojlangan shahar, «fanlar onasi» — Afina edi. Platon (mil. av. IV asrda) Afina akademiyasiga asos solgan. «... Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yildan ziyod davr davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qo- zonadi».
Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o‘quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, XI asr o‘rtalarida huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi.
Vizantiyada tarix, geografiya va tabiiy fanlar ham rivojlangan. O‘rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo‘yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlanib kelgan. VII asrda ixtiro qilingan «grek olovi» Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’minlagan.
Tarixchilar o‘zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar. Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O‘sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi. Tasvirning Vizantiyaga xos uslubi: suratlar uyg‘unligi, bo‘yoqlar serjiloligi bilan ajralib turadi. Rassomlar cherkov qonunlari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni tas- virlashga intilganlar. Xori monastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) mozaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridan hisoblanadi.Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini, hech shubhasiz, ilk o‘rta asrlarning eng mahobatli me’morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan.