Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə40/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
1.Franklar imperyasida xalq maktablari qachon va kim tomonidan joriy etilgan?
2.Fanlar onasi den nom olgan shahar?
3.Afina akademyasiga kim asos slogan?
4.VII asrda Vizantiyada nima ixtiro qilingan?
5.Tasviriy san`atning qanday sohalari bo`lgan?
Savollarga javob bergan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangimavzubayoni:
Arabiston yarim orolining katta qismi suvsiz cho'1 va sahrolardan iborat. Shu tufayli arab qabilalarining ko`pchiligi ko`chmanchi bo`lib, chorvachilik bilan shug`ullanishgan.Arablar hayotida urug`chilik belgilari kuchli bo`lgan. Ularko`plab urug` va qabilalardan iborat edi. Bu bo`linish - qabilalararo doimiy urushlarning asosiy omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos.
Bundan tashqari, urug`lar o`rtasida xun olish odati davom etardi. Go`dak qiz bolalar tiriklayin ko`mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo`ravonlik hukm surardi. Odamlarda uyat tuyg`usi yo`qolgan edi. Ayni paytda tabaqalanish jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo`lida to`plangan, sudxo`rlik avj olgan.
Arab jamiyatidagi islomgacha bo`lgan bu davr tarixga johiliya (jaholat) davri nomi bilan kirgan.Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida vujudga keldi.Islom ta'limotiga ko`ra, islom insonlarni to`g`ri yo`lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta'limot, ilohiy qonundir.Allohning bu ta'limoti, qonunlari payg`ambar (Allohning elchisi) Muhammad (s.a.v.) tomonidan targ`ib etilgan.
Islom dinining muqaddas kitobi ,,Qur'on" (lug`aviy ma'nosi ,,qiroat", ,,o'qish") deb ataladi. Qur'ondagi so`zlar Allohning so`zlari, u Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilingan deb tushuniladi.Diniy kitoblarda ta'kidlanishicha, Alloh Muhammad (s.a.v.)ni payg`ambar etib tanlagach, unga 610- yildan boshlab vahiy kela boshlagan.
630- yilda Makka shahri ham bo`ysundirilgan. Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v.) hokimiyatini tan olishgan va uning yordamchilariga, islom esa hukmron dinga aylangan. Shu tariqa arab qabilalarini yagona qudratli davlatga birlashtirish hamda islomni yagona dinga aylantirishdek tarixiy maqsad ro`yobga chiqariladi. Muhammad (s.a.v.) 632- yilning 27- may kuni Madina shahrida vafot etganlar.
Islom dini - Alloh yagona, degan e'tiqod bilan unga bo`ysunmoqlik, itoat etmoqlik va qalb bilan unga ixlos qilmoqlikdir. Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirmoqlikdir.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin