I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi, sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Hindlarda mavjud qaysi varna-kastalarni bilasiz? 2. Yirik yer egaligi turlarini gapirib bering. 3. Mamlakatda yer egaligi turlarini izohlang. Ular o‘lkamizdagidan nimasi bilan farq qilgan? 4. Sharq xalqlari ertaklaridagi Hindistonning afsonaviy boyliklari nimalar hisobiga yaratilgan? III.Yangi mavzu bayoni: Xitoyning birlashishi. Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab,uning o‘rnida 3 ta mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi. Shu paytdan Xitoyda yerga egalik munosabatlari shakllana boshlaydi. VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligining hujumi xavfi Xitoyning birlashuviga turtki bo‘lgan. Mamlakatni cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan Suy sulolasi (589—618) vakili boshqargan. Uning ixtiyorida kuchli qo‘shindan tashqari, ko‘p sonli sodiq amaldorlari ham bor edi. Mamlakatning markazlashuvi to‘rt asr davom etgan o‘zaro urushlarga chek qo‘yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib kelgan. Ekin maydonlari kengayib, aholi soni ko‘paygan, savdo-sotiq jonlanib, shaharlar yuksala boshlagan. Yangi hokimiyat soliqlarni tartiblashtirib, pul islohoti o‘tkazgan. III asrda Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlaydi. Suy sulolasi (589—618) davrida Xitoyda markazlashuv nihoyasiga yetdi. Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish maqsadida — Buyuk kanal quriladi. Bu tadbir mamlakat miqyosida yagona suv yo‘lining barpo etilishidan tashqari, sharqiy viloyatlarning dengizga chiqishiga sharoit yaratadi. Lekin Suy sulolasining boshqaruvi uzoq davom etmaydi. Xitoyning shimoli-g‘arbidagi mahalliy hokimlardan biri Li Yuan 618-yilda taxtni egallab Tan sulolasiga (618—907) asos soladi. Yer egaligi munosabatlari. Tan imperiyasi boshqaruvi davrida Xitoydagi barcha yerlar davlatniki deb e’lon qilinadi. Mamlakatning barcha hududlarida dehqonlarga kichik-kichik yer maydonlari ijaraga beriladi. 624-yil- da qabul qilingan qonunga ko‘ra, har bir xo‘jalik uy-hovlisi o‘rnidan tashqari 80 mugacha (1 mu — 6 sotix) haydaladigan yerni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ladi. Har bir xonadonga o‘z bog‘ida mevali da- raxtlardan tashqari, tut o‘stirish majburiy etib qo‘yiladi. Yangi qonunga binoan, dehqon o‘z hovlisi va tomorqasini sotishi, garovga qo‘yishi mumkin edi. Ammo davlat tomonidan ajratilgan yerni sotish taqiqlangan. Davlatdan olingan yer hisobiga dehqon turli soliqlar to‘lashidan tashqari, mehnat majburiyatini ham o‘tab bergan. Xususan, manbalarda Loyan Buyuk kanali qurilishiga 2 million, Buyuk Xitoy devorini qurish va ta’mirlashga 1 milliondan ortiq kishi jalb etilgani haqida yozilgan. Imperator o‘z a’yonlari, lashkarboshilari, amaldorlari va zodagonlarga yirik yer maydonlarini taqdim etgan. Jumladan, ayrim a’yonlarning mavqelari: unvon va lavozimlariga qarab 500 dan 10 ming mugacha yer bilan taqdirlanganlar. Manbalarda alohida xizmatlari uchun harbiy yoki amaldorga 300 dan 6 ming mugacha yer berilgani qayd etilgan. Imperator taqdim etgan yerlar soliqlardan ozod qilingan. Shaharlar, hunarmandchilik va savdo. Xitoyda VI asrdanoq shaharlar birmuncha yuksaladi. Chegara hududlari- da yangi shahar-qal’alar bunyod etila boshlaydi. Dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo-hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi. Buyuk kanal hamda dengiz sohillari bo‘ylab, VII asrda Xanchjou, Kayfin, Yanchjou shaharlarining yuksalishi ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Ushbu jarayon qonunlarni kuchaytirishni taqozo etib, Tan imperatorlari shaharlarda kechasi ko‘chaga chiqishni taqiqlaydi. Kechasi shahar darvozalari yopib qo‘yilgan; shahar devoridan oshib o‘tganlar 70 darra kaltaklanishi joriy etilgan. Albatta, bu tadbirlar shaharlarda tinchlik-osoyishtalikni, mol-mulk daxlsizligini saqlashga qaratilgan edi. VII—VIII asrlarda Xitoyda tog‘-konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan. Shahar hunarmandlari kasb uyushmalari (sexlar)ni tuzib, ma’lum kasbdagi hunarmandlar alohida ko‘cha va mavzelarda joylasha boshlagan. Xitoyning markazlashuvi va iqtisodiy taraqqiyoti savdo-sotiqning ham yuksali- shini ta’minlagan. Eng yirik bozor Yanchjouda bo‘lib, bu shahar suv va quruqlik savdo yo‘llari kesishgan joy da joylashgan edi. Ushbu davrda vujudga kelgan yarmarkalar ham ichki savdoning kengayishiga xizmat qilgan. Xitoyda VII asrdan yagona pul — syanning joriy etilishi ham iqtisodiy yuksalishga xizmat qilgan. Zarb qilingan tangalarning o‘rtasida to‘rtburchak teshigi bo‘lib, u pulni ipga tizishga mo‘ljallangan edi. Ilk o‘rta asrlarda Xitoyda Suy (589—618), Tan (618—907) sulolalari hukmronlik qilgan.