III.Yangi mavzu bayoni: Hindiston V asrlarga qadar mayda-mayda davlatlarga bo`linib ketgan edi. Ularning hukmdorlari roja deb atalgan. Shunday rojalardan biri Chandragupta mamlakatni birlashtirish harakatini boshladi. U 320- yilda Gang daryosi havzasida birlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo`ldi.
Bu davlat tarixga Gupta davlati nomi bilan kirdi. Chandragupta I ning (320-340) vorislari hukmronligi davrida davlat chegarasi Arabiston yarim oroliga qadar yetkazildi. Shu tariqa Gupta imperiyaga aylandi.
Guptalar davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi. Imperiya VI asr boshlarigacha yashadi.
VII asrda Xindistonda bo’lgan Xitoy tarixchisi SYuan Szyanning Yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo’lgan. Knyaz-rojalar o’zlarining ko’psonli Yaqinlari va xizmatkorlari bilan xashamatli saroylarda yashaganlar. Rojalar qarindoshlari, a’yon va amaldorlariga yer-mulk xamda ularda Yashagan axolini taqdim etganlar. Davlat yerlarining qolgan qismi dexqonlarga ijaraga berilgan. Braxman-koxinlar qo’lida xam ko’plab ekin maydonlari to’plangan. Manbalarda Yozilishicha, o’ta taqvodor rojalardan biri knyazligidagi 1400 qishloqni ibodatxonalarga in’om etgan ekan.
O’zaro urushlardan kuchsizlanib borgan Xindistonni chet bosqinchilar xam talaganlar. Xususan, Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari xukmdorlari XI asrdan Xindistonga xujum boshlaydilar. G’azna xukmdori Maxmudning qo’shinlari XI asr boshlarida mamlakat shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. Ma’lum muddat o’tib Xindistonning shimoliy qismi musulmon xukmdorlari tomonidan to’liq bosib olinadi.
Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko`p hissa qo`shgan davlatlardan biri sanaladi. Bu mamlakatda matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishilgan. o`rta asrlarda qurilgan rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.
Hind astronomlari dunyoda birinchi bo`lib Yerning o`z o`qi atrofida aylanishini va uning shar shaklida ekanligini taxmin qilganlar.
Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o`nlik tizimini yaratdilar. Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi. Sayyoralarning koinotda turgan joyini aniqlab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar.