Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə44/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

III.Yangi mavzu bayoni:
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, davlatni xalifalar boshqara boshladi. 632- yilda dastlab Muhammad (s.a.v.)ning yaqin safdoshi hamda qaynotasi Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylandi. Umar (634-644), Usmon (644-656 ) va Alilar 656-661- yillar davomida xalifalik qildilar.
Xususan, bu davrda Suriya, Falastin, Misr, Liviya va Eron bosib olindi. Vizantiya imperiyasiga kuchli zarba berildi. Bunga Vizantiya va Eronning o`zaro urushlarda bir-birini holdan toydirganligi ham sabab bo`ldi. Arablar o`z zamonasiga yarasha qudratli qo`shin tuza olgan edilar. Jangchilarning asosini erkin kishilar tashkil etardi. Arablarning yengil suvoriylari o`zining shiddatkor hujumlari bilan dushman piyoda askarlariga dahshat solgan.
Ayni paytda arablar o`z bosqinchilik urushlariga jihod tusini berganlar. Shuningdek, islomning Alloh oldida hammaning tengligi haqidagi g`oyasi arablarni mazlumlar ko`z o`ngida xaloskor etib ko`rsatar edi. Islomni qabul qilganlarga turli yengilliklar joriy etildi. Ular arablar qatori soliqlardan ozod qilindi. Umaviylar davridabarcha musulmonlarga soliq solinadigan bo`ldi. Aholi xiroj, jizya, zakot deb ataluvchi soliqlar to`lardi. Xiroj — yer solig`i bo`lib, u hosilning 1/3 qismi miqdorida olingan. Jizya esa jon solig`i edi. Bu soliq ishga yaroqli erkak kishilardan undirilgan. Ishga yaroqli erkak bir yilga 12 dirham, o`rtahol tabaqa vakillari 24 dirham, boylar esa 48 dirham to`lagan. Zakot esa molmulkdan to`langan. Uning miqdori ikki yarim foizni tashkil etgan.
Umaviylar joriy etgan bu soliqlar xalifalik aholisining katta qismida norozilikni tobora kuchaytirgan.Kuchayib borayotgan bu norozilikdan Arab xalifaligining umaviylarga qarshi hukmron tabaqalari unumli foydalanganlar. Ularning maqsadi umaviylar hukmronligiga barham berish edi. Umaviylarga qarshi kuchlarga Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abbosning avlodi Abul-Abbos Abdulloh rahbarlik qilgan. Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida umaviylarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olon hukmron sulola almashinuvida katta ahamiyatga ega bo`lgan. 750- yilda umaviylar sulolasi hukmronligi tugadi. Movatounnaxr markazi So`g`diyonada 769-783-yillarda Muqanna boshchiligida xalq qo`zg`oloni bo`lib o`tdi. Ozarbayjonda 815-yilda Bobek boshchiligidagi qo`zg`olon ham 20 yildan ortiq davom etadi.Xalq qo`zg`olonlari,urushlar,hokimyat uchun kurashlar xalifalikning siyosiy inqirozoga sabab bo`ladi.Xalifalikdan birinchi mustaqil amirlik 756-yilda Ispanyada tashkil topdi.U X asrdan Qurdoba amirligi nomini oldi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin