Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun taqqoslash jadvali to`ldiriladi, bunda o`quvchilar doskada Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlarining ko`rinishlarini O`zbekiston tarixi darsligi bilan taqqoslab ishlaydilar.
Shaharlarning shakllanishi
Yevropa
Markaziy Osiyo
Xo`jalik taraqqiyoti
Shaharlari hayoti
Shaharlar ko`rinishi
Hunarmandchilik
Doskada va daftarda topshiriqni bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
III.Yangimavzubayoni: Reja:1.Tovar xo`jaligining paydo bo`lishi. 2.Sharq mamlakatlari bilan savdo. 3.Savdogarlar va bozorlar. 4.Banklar,yarmarkalar va birjalar.
Tovar xo`jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqaradigan xo`jalikdlr. Tovar xo`jaligining rivojlanishi natural xo`jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan. G’arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya xamda Osiyo mamlakatlari bilan bog’laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaxarlarini bog’laydigan SHimoliy savdo Yo’llari xarakatda bo’lgan.