Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish


Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə70/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriq beriladi.
Topshiriq ekranda yani slayd orqali namoyish etiladi o`quvchilar yakka tartibda daftarlariga to`g`ri javoblarni belgilaydi.

1

Autodafe

A

Avf yorlig`i

2

Inkvizitsiya

B

Mamlakatda ibodatni vaqtincha taqiqlash.

3

Indulgensiya

C

Cherkov sudi

4

Interdikt

D

Gulxanda yondirish

1-D , 2- C , 3-A, 4- B
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Salib yurishlari. 2.Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari.
Salib yurishi nima? Salib yurishi katolik cherkovi va Yevropa feodallari tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Misr, Bolqon yarim oroli, Kipr oroli) uyushtirilgan bosqinchilik urushidir. Bu bosqinchilik urushining nomi xristian dini ramzi nomidan olingan. Xristian cherkovi ramzi (+) salib (krest, xoch) deb ataladi. Salib qizil rangli bo 'lgan. Salib yurishida qatnashganlar salibchilar deb nomlangan. Ular kiyimlariga salib belgisini (+) tikib olganlar. Bu o`z roziligi bilan salib yurishida qatnashishga niyat qilganlikni anglatgan, qasam ramzi hisoblangan.G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarni egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsadlari salib yurishlarining asosiy sababi bo'ldi. XI asrga kelib g`arbiy Yevropa feodallarini o`z boyliklari qanoatlantirmay qo`ydi. Shaharlar va savdo-sotiqning o`sishi ularning boylikka bo`lgan ishtahalarini yanada orttirib yubordi. Ularni yana va yana katta boyliklarga ega bo`lish orzu-istagi chulg`ab oldi. Feodallarning bosqinchilikdan iborat maqsadlari katolik cherkovi tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Cherkov salib yurishining tashkilotchisiga aylandi g`arbiy Yevropada mayorat deb ataluvchi qoida o`matilgan edi. Unga ko`ra otadan qolgan mol-mulk faqat katta o 'g 'ilgagina meros bo’lib o 'tgan. Mol-mulkka ega bo`lmagan kichik farzand qo`shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo`lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo`lgan. Ritsarlar salib yuriskarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo`lib olish edi.
1095- yilda Rim Papasi Klermon shahri (Fransiya)da xaloyiq oldida nutq so`zladi. U o`z nutqida Falastinni va Iso qabrini g`ayridin musulmonlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.
Yurish qatnashchilariga boyliklar va'da qilindi. Da'vatdagi: ,,O'z yeringiz kam va unumsiz bo`lganidan o`zaro birodarkushlik qilmoqdasiz. ,,Injil"dayozilishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo`lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o`lka", - xitoblari yig`ilganlarni befarq qoldirmagan. Bundan tashqari, Papa yurishda halok bo`lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini^ cherkov himoyasiga olishga va'da bergan.


Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin