Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə27/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Vizantiya imperiyasi qanday vujudga kelgan?
2. Vizantiyaning qaysi shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi?
3. Imperator hokimiyati qanday amalga oshiriladi?
4. Yustinian I imperatorligi davri haqida hikoya qilib bering
III.Yangi mavzu bayoni: Markaziy va Sharqiy Yevropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo`lgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari g`arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo`linib ketganlar.
Chexlar, polyaklar va slovaklar g`arbiy slavyanlarni; Bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; Ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar.
Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo`lmagan. Bungacha ular urug`chilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urug`chilik jamoasining mulki bo`lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda ko`rib chiqilgan. X asr boshlarida Chexiya davlati tashkil topdi. Germaniya bu davlatni o`ziga bo`ysundirishga zo'r berib urindi.Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slavyan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo`ysungan.Qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo`lgan knyazlar turgan. Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian aqidalari bo`yicha tarbiyalangan,keyinchalik bor kuchi bilan dinning Chexiyada yoyilishiga harakat qiladi. Polsha davlati ham X asrda tashkil topdi. Unga barcha polyak qabilalarini birlashtirgan knyaz Meshko asos soldi. Bu tarixiy voqea 960- yilda yuz berdi. 966- yilda Meshko o`z qo`shini bilan xristian dinining katolik mazhabini qabul qildi.
Polsha knyaz Boleslav Jasur (992 - 1025) davrida kuchli davlatga aylandi. U Polsha hududlarini kengaytirdi. Rim Papasidan Qirol unvonini qabul qildi.
Garchand Boleslav Jasurning o`limidan so`ng Polsha hududlari qisqargan bo`lsa-da, o`rta asrlar davomida Polsha o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Polshani ham tobe etish rejasi Germaniya uchun orzu bo`lib qolaverdi.

1. Xaritadan uchta slavyan qabilalari guruhlari yashagan hududlarni topib ko‘rsating.
2. Slavyanlar xo‘jalik mashg‘ulotlarini sanab bering.
3. Slavyanlar xo‘jaligi, ijtimoiy tuzum va dinlarida qanday o‘xshashlik hamda tafovutlar mavjud?
4.Bolgariya kimining davrida o‘z taraqqiyoti cho‘q qisiga chiqadi?
5. Knyaz Vatslav Chexiya davlati tarixida qanday o‘rin tutgan?

IV.Mustahkamash:
6. Polsha davlatiga kim asos solgan?

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin