I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomatani aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1.Qirol Genrixning birinchi va muhim ishlari nima edi??
2.Yangi imperiya hududlariga Germnyadan tashqari yana qaerlar kirgan ?
3.German imperatorlari cherkovni o`zlariga itoatkor qilish uchun qanday yo`l tutdilar?
4.Muqaddas Rim imperyasiga kim asos solgan?
III.Yangi mavzu bayoni: 395-yilda qadimgi Rim imperiyasi g`arbiy va Sharqiy qismlarga bo`linib ketdi. Sharqiy qism Vizantiya deb atala boshlandi. Shu tariqa yangi davlat - Vizantiya imperiyasi vujudga keldiю Imperiya 1453-yilgacha yashadi. Konstantinopol (hozirgi Istanbul shahri) imperiyaning poytaxti bo`lib qoldi. Bu shahar o`rnida qadimda Vizantiy shahri bo`lgan. Imperiya nomi shu shahar nomidan olingan.
Imperiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo, Misr, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Kavkazortining bir qismi hamda Qrimning janubiy qirg`oqlaridan iborat hududlar kirgan. Imperiya tashkil topgan davrdan XI asrning birinchi yarmigacha uni beshta sulola vakillari boshqargan. Vizantiya imperiyasini Vasilevs (yunoncha podsho) boshqargan. U xudoning irodasi bilan saylangan butun xristian dunyosi xukmdori sanalgan. Vasilevslar Yevropa, Old Osiyo va SHimoliy Afrika mamlakatlarini boshqarish xuquqini rimliklardan o’tgan meros xisoblashgan. Boshqa xristian davlatlari xukmdorlari (og’izda bo’lsa-da) uzoq payt o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb xisoblashgan. Vizantiya imperatori saroyi o’zining boyligi, xashami va tantanavorligi bilan ajralib turgan. Bayramlar va qabullar paytida Vasilevs oltin iplardan kashtalangan, marjon va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan kiyimlarda chiqqan. Xukmdor kiyimi to’q qizil rangda bo’lgan. An’anaga binoan to’q qizil rangli etikni faqat imperator kiyishi mumkin edi. Qimmatbaxo kiyimlar, xukmdor toji, oltin zeb-ziynatlar juda og’ir bo’lgan. Imperatorlardan biri toj kiyish marosimida, kiyim-bosh, zeb-ziynatlar og’irligidan xushidan ketganligi ma’lum. Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga Yustinian I (527-565) imperatorligi davrida erishadi. U kambag’al dexqon oilasida tug’ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko’tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, unga yaxshi ta’lim berdiradi. Amakisining vafotidan so’ng Yustinian taxtga o’tiradi. Yangi imperator Siyosiy donolik va jasorat soxibi edi. U imperiya xayotini isloxotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini xam ta’minlaydi. Yustinian I siymosida xarakatchanlik, qat’iyat, uzoqni ko’ra bilishi qatorida buyuk siyosatdonlarga xos 2 yuzlamachilik, mug’ambirlik, zolimlik xususiyatlari xam mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora xam mashxur bo’lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo’lgan. U davrda aktyorlik Yaxshi kasb xisoblanmasa-da, Feodoraning chiroyiga maxliYo bo’lgan Yustinian I jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylandi Feodara aqli,shuxratparasligi,qo’rqmasligi bilan ajralib turgan. Vizantiyaning oltin asri Yustinian I (527-565) imperotorligi davriga to’g’ri keladi. Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperyasining avvalgi xudutlarini tiklash edi.U 534-yil sarkarda Velisariyni SHimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan Vizantiyaliklar qo’shini vandallar qirolligini bo’ysundirib, SHimoliy Afrika Karfagen shaxri bilan Vizantiya viloyatiga aylanadi.
SHundan so’ng Velisariy Italiyaga Yo’l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo’lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uchraydi. Velisariyga qarshi ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni saqlab qolishgan, xar qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. SHunga qaramasdan, Vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo’ysundirib, poytaxti Ravenna bo’lgan aloxida noiblik (ekzarxat) tuzishadi.
Italiyadagi urush so’ngida Yustinian I Ispaniyaga xam qo’shin yuboradi. Ispaniyada vestgotlar xukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo’shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatadi.