Bir donishmanddan so‘rashibdi: – Haqiqiy vatanparvar kim? Donishmand shunday javob beribdi: – Vatan qudrati, el-yurt ravnaqi, yosh avlod kamoloti yo‘lida shaxsiy daxldorlikni his etgan va bu jarayonlarda faol bo‘lgan inson. 1. Donishmand nima uchun shaxsiy daxldorlikni his etishni vatanparvarlikka bog‘lab tushuntirmoqda. Fikringizni asoslang.
Abdulla Avloniy o‘z asarlari orqali vatanparvarlik,insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surib, yoshlarni Vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishga undagan. 2. «O‘zi vatanparvar bo‘lgan inson boshqalarni ham shunday ezgu maqsad sari yashashga undaydi va buni jamiyat oldidagi asosiy burchi deb biladi», bog‘lab tushuntiring.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. O‘z Vatani, oilasi, mahallasi uchun jonkuyar bo‘lgan odamni qanday inson deb atash mumkin?
2. Fikringizni 10-betda berilgan suratlar asosida izohlang. Ushbu suratlarda ifodalangan tasvirlar sizda qanday fikr uyg’otdi?
3. 6-surat bilan qolgan suratlarning qanday bog‘liqlik tomoni bor?
4. Quyida berilgan 4-5, 7-8-9-suratlardagi insonlarning harakatini qahramonlik deyish mumkinmi? Fikringizni asoslang. bilan qanday bog‘liqligi bor?
6. Bugungi kunda tinchlikning qadriga yetishning qanday yo‘llari va usullari mavjud?
7. Hozirda dunyoda qanday bilimlar bor? Ularning qanchasi biz uchun zarur va qanchasi foydasiz bilimlar sirasiga kiradi?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
Topshiriq. Quyidagi mavzularning biri asosida hikoya yozing. Yurt ravnaqi uning farzandlari qo‘lida.
Dunyoni bilimli yoshlar egallaydi.
Ajdodlardan meros yurt biz uchun omonat.
Biz tinchlik uchun mas’ulmiz.