Odam qoni lipoproteidlari
tarkibi (%)
Lipoprot
einlar
Oqsi
llar
Triatsilglits
erinlar
Xoleste
rin
Fosfolip
idlar
Zichligi
g/ml
Efirlar
Erki
n
xilomikro
nlar
ZJPL
(pre
)
ZPL (
)
ZYL (
)
2
10
25
45
85
50
7
5
4
15
40
20
2
7
7
5
7
18
21
25
0,95
0,95-
1,0
1,0-
1,06
1,06-
1,21
– Qon tomiridagi triglitseridlar almashinuvida
ishtirok etadi.ZYL miqdori ortishi quyidagi
holatlarda bo‘ladi: ayollarda yuqori bo‘ladi;
estrogenlar ta’sirida oshadi;
jismoniy harakatchanlikda;
alkogol iste’mol qilinganda.
ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda
bo‘ladi:erkaklarda past bo‘ladi;
progesteron ta’sirida; semizlikda;
uglevodlar ko‘p miqdorda bo‘lgan taomlar
iste’mol qilganda; qandli diabetda; chekish
natijasida.
• Yog‘ kislotalarining oksidlanishi
Yog‘kislotalarining β-oksidlanishi to‘g‘risidagi nazariya 1904-
yilda
F.Knoop tomonidan yaratildi. Yog‘kislotalari mitoxondriyada
oksidlanadi. Bu jarayon yog‘kislotasi molekulasidagi β
uglerod atomi oldidagi bog‘ning uzilishi va undan ikki
uglerodli fragmentning atsetilKoA holida ajralib chiqishi bilan
namoyon bo‘lgani uchun β-oksidlanish nomini olgan.
• Yog‘kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga karnitin
vositasida tashib o‘tiladi. Dastlab yog‘kislotasi koenzim-A
ishtirokida ATF energiyasi evaziga faollashib atsil-KoAga
aylanadi. Karnitin atsil-KoA bilan hosil qilgan kompleksi
mitoxondriya ichiga oson o‘tadi va u yerda
yana atsil-KoA hamda karnitinga parchalanadi. Atsil-KoA
mitoxondriyada dastlab atsil-KoA degidrogenaza (kofermenti
FAD) ta’sirida oksidlanib yenoil-KoA hosil bo‘ladi; yenoil-
KoA-gidrataza ta’sirida yenoil-KoA suv bilan birikib β-
oksiatsil-KoA hosil qiladi. Uning β-oksiatsil-KoA
degidrogenaza (kofermenti NAD) ta’sirida degidrogenlanishi
natijasida β-ketoatsil-KoA hosil bo‘ladi. Tiolaza ta’sirida β-
ketoatsil-KoA atsil-KoA va atsetil-KoAga parchalanadi. Hosil
bo‘lgan atsil-KoA dastlabki atsil KoAdan ikkita uglerodi
kamligi bilan farq qiladi va u yana qaytadan bir necha marta β-
oksidlanishi orqali atsetil-KoAga parchalanadi:
• Tarkibida n-ta atom uglerod tutuvchi yog‘ kislota (n1) marta β-
oksidlanib n-ta atsetil-KoA hosil bo‘ladi. β-oksidlanishning
har bir siklida hosil bo‘lgan FADH2 va NADH2 hisobiga 5
molekula ATF sintezlanadi. Ana shu asosda har bir molekula
yog‘ kislotaning β- oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan
ATF sonini hisoblash mumkin.
Masalan, palmitat kislota 7 marta β-oksidlanishi natijasida
5x7=35 ta
ATF va 8 molekula atsetil-KoA hosil bo‘ladi. Ularning Krebs
halqasida to‘liq parchalanishidan 8x12=96 ATF sintezlanadi.
Shunday qilib, bir
molekula palmitat kislota to‘liq parchalanganda 35+96=131
molekula ATF sintezlanadi. Yog‘ kislota faollanishi uchun
sarflangan 1 mol ATF hisobga olinsa, organizm uchun 130
molekula ATF hosil bo‘ladi
|