Sana: Mavzu: Said Ahmad hayoti va ijodi Dars maqsadi: ta’limiy maqsad


-savol. Said Ahmad qaysi shaharda tug’ilgan?? 2-savol



Yüklə 32,53 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,53 Kb.
#209325
1   2   3   4
Dars ishlanma

1-savol.
Said Ahmad qaysi shaharda tug’ilgan??
2-savol.
Said Ahmad dastlab qaysi jurnalda ishlagan?
3-savol.
Said Ahmadning ilk to’plamining nomi qanday?
4- savol.
Said Ahmad qamoqxona xotiralari haqidagi asarlari qaysi?
5- savol.
Ufq trilogiyasi qachon yozilgan?
To’g’ri javoblar
1 –Toshkent
2 – Mushtum
3 – Tortiq
4 – “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob”
5 – 1964-1974
III .Yangi mavzu bayoni.
Bu jarayonda o’quvchilar hayoti va ijodini yod aytadilar. Ularning ifodali nutqiga, nazariy ma’lumotlarni to’g’ri va ketma-ket aytishlariga e’tibor beriladi.
Shundan so’ng o’quvchilarga yangi mavzu rejasi yozdiriladi. Reja asosida hayoti va ijodi yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan.
Yosh Said Ahmad o‘zini turli sohalarda: rassomlik, artistlik, fotograflik, qurilish va hatto doktorlikda ham sinab ko‘radi. Biroq, adabiyotni tanlaydi.
1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi.
1940 yilda birinchi mualliflik hikoyalar to‘plami “Tortiq” nomi bilan nashr etiladi. Uning “Cho‘l burguti”, “Lochin”, “Bo‘ston”, “To‘yboshi”, “Odam bo‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida yangilik ruhini olib kirgan. Adib xajvchi yozuvchi sifatida bir qator hikoyalar yozdi va shu bilan o‘zbek radio va televideniyesida miniatura teatriga asos soldi. “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xanka va Tanka” hikoyalari shular jumlasidandir.
Adibning “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob” kabi hikoyalari qamoqxonada o‘tgan yillar asosida yaratilgan.
Yozuvchining “Yo‘qotganlarim va topganlarim” xotiralari o‘zbek adabiyoti uchun qimmatli asar hisoblanadi. Kitobda bir qator yozuvchi va shoirlarning shaxsi va ijodiga chizgilar bitilgan. Jumladan, yozuvchi asarda G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Turob To‘la Saida Zunnunova haqida xotiralari bilan bo‘lishsa, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, O‘tkir Hoshimov, Ne’mat Aminov singari o‘zbek adabiyoti yorqin adiblarining hayoti va ijodidan qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab beradi.

Yüklə 32,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin