IV. Mustahkamlash.
87-topshiriqda 1) 6, 14, 20 sonlarining ikkidan bir qismi mos ravishda 3, 7, 10 ga teng;
2) 6, 9, 15 sonlarining uchdan bir qismi mos ravishda 2, 3, 5 ga teng;
3) 8, 16, 24 sonlarining to‘rtdan bir qismi mos ravishda 2, 4, 6 ga teng.
Bu topshiriqni o‘quvchilar mustaqil bajaradilar. Shu bilan birga o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham misollarni yechishlari mumkin.
88-topshiriqdagi masalalarning yechilishi tushuntiriladi. Bunda qism bo‘yicha sonning o‘zini topish tushuntiriladi.
89-topshiriqdagi boshqotirma turli yechimga ega.
Ulardan biri: 60 - 50 + 40 + 30 - 20 + 10 = 70.
V. Uyga vazifa:
90-topshiriq va 91-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
90-topshiriq bo‘yicha 24 sonining ikkidan bir qismi - 12, uchdan bir qismi - 8, to‘rtdan bir qismi - 6.
Dostları ilə paylaş: |