V. Uyga vazifa:
127-misol va 128-masalalar uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
128-masalaning yechilishi:
1-usul: 1) quyonlar yegan sabzi - 12 • 4 = 48 (ta); 2) qoldi - 56 - 48 = 8 (ta).
2-usul: 56 - 12 • 4 = 8 (ta).
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika
Mavzu: Yig‘indini songa bo’lish. 163-170-misol va masala.
Tayanch tushunchalar: Yig’indini songa bo’lish usullari.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Yig‘indini songa bo‘lish usullari bilan tanishish, ularga doir misol va masalalar yechish. Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Mashg’ulotning maqsadi:A) ta’limiy: O‘quvchilarda yig’indini songa bo’lish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
B) Tarbiyaviy:
Turli miqdoriy masalalarni yechishda hisoblashning bu usuli yordamida tez, oson, qulay ko'paytirish usullaridan foydalanishga o'rgatish va shu asosda bolada o'z kuchiga ishonishga, tabiat, jamiyatdagi turli voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo'lish, topqirlik, ijodkorlik kabi axloqiy xislatlarni tarbiyalashga.
C) Rivojlantiruvchi: Yig’indini songa bo’lish usullarini bilib olish, ularni qo’llagan holda misollarni yechish ko‘nikma va malakalariga ega bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: |