100-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar doskada ham yechadilar.
101-topshiriq bo‘yicha kesmalarning uzunliklari oTchanadi va CD kesma AB kesmadan necha marta uzunligi topiladi:
CD : AB = 6:2 = 3 (marta).
102-topshiriqdagi boshqotirmani yechishda «Kim tez topadi?» interfaol metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Quyidagicha mulohaza yuritamiz: Azim Salimdan, Olim Azimdan tez yugursa, demak, Olim eng tez yugurar ekan. Undan keyin Azim va eng sekin Salim yuguradi. Javob: 100 m masofani Olim 18 sekundda, Azim 19 sekundda va Salim 20 sekundda bosib o‘tadi.