6 04-topshiriqdagi boshqotirmaning bajarilishi chizmada keltirilgan. Bunda oltiburchakning 6 ta burchagi shunday qirqiladiki, o'rtada kichikroq bo'lgan yaxlit oltiburchak qolishi kerak. Qirqib olingan 6 ta uchburchak shaklidagi kartonlardan bitta kichik oltiburchak hosil qilinadi.
V. Uyga vazifa:
605-misol va 606-topshiriqlar uyga berilib, ularni bajarish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.
606-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: «Lasetti» avtomobili bir shahardan ikkinchi shaharga borguncha 348 km yo'l bosdi. So'ngra avtomobil uchinchi shahar tomon yo'l oldi. Agar birinchi va uchinchi shaharlar orasi 562 km bo'lsa, uchinchi shaharga yetib borguncha «Lasetti» yana necha kilometr yo'l bosishi kerak?