Sana: Sinf: 4-sinf. Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə2/2
tarix28.02.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#85974
1   2
4-SINF QUSHLAR MAVZUSIDA DARS ISHLANMA

Darsning mazmuni: O’qituvchi bolalarning bilimlarini boyitish va tasavvurlarini o’stirish uchun ular ko’rgan qushlarini eslashni taklif etadi. O’qituvchi savol berib, bolalarni qushlarning nomi va tashqi qiyofasi haqidagi bilimlarni tekshirib ko’radi. Bunda u quyidagi savollarni berishi mumkin: “Siz qushlarning qanday turlarini bilasiz?”, “Odamlar nima uchun uylarida qushlarni asrashadi?”, “Qushlarning rangi, tashqi ko’rinishi qanday?” va boshqalar.
So’ng o’qituvchi o’quvchilarning javoblaridagi kamchiliklarini to’ldirib, taqdimot asosida ularning tushinchalarini yanada boyitadi. Bunda o’qituvchi bolalarning diqqat-e’tiborini, asosan, qushlarning tashqi ko’rinishlariga, qiyofalariga, xarakterli belgilariga, o’lchamlari va o’lcham nisbatlariga qaratish lozim. Navbatdagi ish o’quvchilarga qushlarning tashqi ko’rinishini amaliy tarzda ko’satishdir. Masalan, Qushlardan tog’ qushi – kaklik o’zining jozibador chiroyi va fusunkor tashqi ko’rinishi bilan boshqa qushlardan ajralib turadi.
Kaklik rasmini chizishdan avval qushning bosh qismidan dumining uchigacha bo’lgan masofani (1-rasm)dagi namuna kabi to’g’ri chiziq yordamida belgilab olasiz.

1-rasm 2-rasm

Yordamchi chiziqlar bilan qushning boshi, tanasi va dum qismini belgilab olasiz.(2-rasm). Endi bosqichma-bosqich qushning bosh qismi, qanoti, dumi va oyoqlarining shaklini chizib, tugatasiz.(3-rasm).



3-rasm
Rasm daftarda kaklikning umumiy qismini qalamtasvirda chizib, bo’lgach, bo’yashga o’tasiz. Dastlab och rang tuslari (4-rasm), so’ngra to’q rang tuslari – yorug’, soya joy, reflex kabi elementlarga diqqatni qaratgan holda asta surtiladi
(5-rasm).

4-rasm 5-rasm

Fon ya’ni atrofdagi tabiat ko’rinishi tasvirlansa, rasm mazmunliroq bo’ladi.




IV.O’tilgan mavzuni mutahkamlash uchun savollar:-5 minut.
1.Qushlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2.O’zingiz bilgan qush nomlarini ayting.
3.Qushlar boshqa jonzotlardan nimasi biln farq qiladi?


V.Uyga vazifa berish:- 3 minut.
Kaklik rasmini rangtasvirda yakunlab kelish.


-------------------------------------------------------------------------------------------


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin