barglari yuvilib, xandon pista mag`izidek och yashil tusda
ko`rinar edi. Yo`lning bir tomoni azamat toshlar
qalashgan yonbag`irlik , bir tomoni soy. Unda yuqoridan
shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib,
qirg`oqqa sapchib oqardi.
MUSTAQIL ISH
Berilgan so`zlar oldidan sifat topib qo`ying.
olma
koptok
qiz
gazeta
V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash. Savollar:
Sifat deb nimaga aytiladi?
Sifatlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
Rang –tus bildiruvchi sifatlarga misollar keltiring.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing
Belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar qaysilar?
VI. Uyga vazifa 327-mashq. Ertalab barvaqt turing. Tong tasvirini daftaringizga tushiring. Unda sifatlardan foydalaning
O`quvchilarni “kredit kartochkalari” bilan “5”, “4”, “3” baholar bilan baholanadilar. “Kredit kartochkalari” jamlanadi. Bu kartochkalarni nimaga ishlatish so`raladi.
Javoblar: 1-guruh. Biz bu “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni “Mehribonlik uyi” uchun sarflamoqchimiz. 2-guruh. Biz “Kredit kartochka” dagi mablag`imizni jismonan sog`lom bo`lgan sportchilar uchun sarflamoqchimiz. 3-guruh. “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni mustaqil O`zbekistonning rivoji uchun sarflamoqchimiz. 4-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni ta`lim sohasi uchun sarflamoqchimiz. 5-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni oilalar mustahkamligi uchun uchun sarflamoqchimiz.