Sana: Sinf: 6 – sinf Mavzu: Sifat Darsning maqsadi
səhifə 1/2 tarix 18.09.2023 ölçüsü 1,76 Mb. #145180
dokumen.tips dars-bosqichlari-jadvali-
Sana: Sinf: 6 – sinf Mavzu: Sifat Darsning maqsadi: a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarga sifat haqida ma`lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: tabiatga muhabbat , vatanparvarlik, axloq-odob tuyg`ularini singdirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: so`zlarga izoh berish malakasini hosil qilish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Dars turi: aralash Dars usuli va uslublari: suhbat, ko`rsatish, munozara , guruhlarda ishlash Dars jihozi: darslik, multimediya, tarqatmalar, “kredit kartochkalar” … Dars bosqichlari jadvali: Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash Yangi mavzuni bayon etish Xotira mashqlari va mashqlarni bajarish orqali mavzuni mustahkamlash Dars yakuni va o`quvchilarni baholash D a r s b o s q i c h l a r i Tashkiliy qism: a) salomlashish ; b) davomatni aniqlash; d) sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish II. O`tilgan mavzuni so`rash: O`tilgan mavzuni so`rashda o`quvchilar 4 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga Topshiriq beriladi. O`quvchilar berilgan topshiriqni guruh bo`lib bajaradilar. Topshiriq sharti: Berilgan gaplardagi otlarni aniqlang, ajratib ko`rsatilgan so`zning qaysi gap bo`ladi vazifasida kelayotganini ayting. Matn namunasi: 1. Oila -jamiyatning bir bo`g`ini. 2. Ona-aziz va mo`tabar zot. 3. Vatan -muqaddas go`sha. 4. Maktab –ziyo tarqatuvchi dargoh. Topshiriq. Berilgan so`z birikmalaridan qanday,? qanaqa, ? qaysi so`roqlariga javob bo`luvchi so`zlarni aniqlang. III. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni o`tishdan oldin o`qituvchi guruhlar ishtirokiga qarab “Bilimlar banki” ning “kredit kartochkalari” berib borilishini e`lon qiladi. Kartochkalarga “5”, “4”, “3” raqamlari yozilgan. Nazariy ma`lumotlarni izohlashdan oldin darslikda berilgan topshiriqlar bajariladi. Tarkibiga ko`ra tub yasama Tuzilishiga ko`ra sodda qo`shma juft takroriy Ma’nosiga ko`ra xususiyat sifatlari makon-zamon sifatlari Rang –tus sifatlari maza-ta’m sifatlari hajm-o`lchov sifatalri Hid sifatlari Otga bog`lanib, uning belgini bildiradigan va qanday? qanaqa? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarga sifat deyiladi. (Quyidagi ko`rgazma doskaga ilinadi va o`quvchilarga topshiriq berildi) Topshiriq: Berilgan so`zlarga mos sifatlar toping (Kodoskopdan yoki multimediya orqali bo`lishsizlik olmoshiga oid ma`lumot ko`rsatiladi) 3. Moviy osmonda qushlar erkin sayr qilmoqda. 4. Gullarning xushbo`y hidi dimoqqa uriladi. 2. Odobli bola- elga manzur. Guruhlarga bittadan gap tuzish topshiriladi. Gapdagi sifatlar aniqlanadi. Gaplarning tarbiyaviy tomoniga e`tibor qaratiladi. Darsning tarbiyaviy maqsadi amalga oshiriladi. Dostları ilə paylaş: