Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni hosil qiluvchi
Dars jihozlari: darsliklar, tarqatma, rasmlar, proyektor, ekran, mavzu yuzasidan tayyorlangan slaydlar, vatman qog’oz, marker va boshqa o’quv qurollari
Dars usuli: noan’anaviy aqliy hujum, rolli o’yinlar texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
Darsda amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar: 1.Intizom
2.Faollik
3.Vaqtga rioya qilish
4.Asosli va mantiqli fikr bildirish
5.Fikrni takrorlamaslik
6.O’zaro hurmat
7. O’ng qo’l qoidasi
Oquvchilarga bugungi kundagi ekologik muammolar va ma’naviyat daqiqasi haqida alohida to’xtalib o’tiladi.
II. O’tgan darsni takrorlash
Teri gigiyenasi. Terini toza tutish sog‘lom bo'lishning asosiy sharti hisoblanadi. Chunki teri kirlanganida o‘lik epidermis hujayralari ter va yog‘ bezlari yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Kirlangan terida mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit tug'iladi. Muntazam yuvinib turmaydigan odamning 1 cm2 terisi yuzasida 40 mingtagacha mikrob bo‘ladi. Ulardan ayrimlari kasallik paydo qilishi mumkin. Faqat issiq suvda sovunlab yuvinish orqali to'planib qolgan mikroblar va ular ishlab chiqaradigan zaharli moddalardan xalos bo’lish mumkin.
Soch gigiyenasi.Soch va tirnoqlar terining shox qavatidan hosil bo‘ladi. Sochga quyosh nuri va harorat ta’sir qiladi. Oftobda bosh kiyimisiz yurish soch rangi va yog‘ bezlari funksiyasiga ta’sir qiladi. Quyosh nuri va shamol ta’sirida soch quruq va mo'rt bo'lib, boshda qazg'oq paydo bo'ladi Qish faslida sovuq ta’sirida boshdagi qon tomirlari torayib, sochning oziqlanishi buziladi va soch to‘kila boshlaydi. Sochlarni har haftada yuvib turish lozim. Kiyim gigiyenasi.Kiyim yil fasliga mos, havoni yaxshi o'tkazishi, yengil va qulay bo'lishi lozim. Qishki kiyim issiqni yaxshi saqlaydigan jun gazlama, momiq, mo'yna yoki sintetik material lardan tikiladi. Qishki poyabzal issiqni yaxshi saqlaydigan, tagcharmi qalin va pishiq bo‘lishi zarur.