Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə112/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
O‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy uyg‘onish davri ma’rifatparvarligi o‘rtasidagi o‘ziga xos mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tagan davr adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Aminxo‘ja Muqimiydir.
Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlangan. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «Devoni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. Unda she’riy namunalar qatori hassos shoirning qisqacha tarjimayi holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda Portsev litografiyasida shoirning hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami chop qilindi.
Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G‘afur G‘ulom turdi.
Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy bayozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi.
1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.
H. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Karimov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar.
Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida, novvoy oilasida tug‘ilgan.
Muqimiy dastlab o‘z mahallasidagi mulla Abduxalil maktabida tahsil oladi. Shoirning ilm o‘rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ko‘plab ertak va qo‘shiqlarning ta’siri kuchli bo‘ldi.
Muqimiy dastlab Qo‘qondagi «Hokimoyim» madrasasida ta’lim oladi. 1872-73-yillarda Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda o‘qishni tamomlab Qo‘qonga qaytadi, uylanadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so‘ngra Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi paromda pattachilik qiladi.
Muqimiy bu vazifani tark etib, Qo‘qonga qaytadi. Moddiy muhtojlik Muqimiy oilasining buzilishiga olib keladi. Xotini o‘g‘lini onasiga tashlab, boshqa kishiga turmushga chiqadi. Shoir o‘z ota hovlisini tark etib, shu mahallada joylashgan Hazrat madrasasidan bir hujra oladi. Shu «hujrai tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi.
Muqimiy hayotini mutolaa va ijod qilishga bag‘ishlaydi. Zamonasining yetuk xattotlaridan bo‘lgan Muhammad Yusuf Xattotdan ta’lim olib, xushxat bo‘lib yetishgan Muqimiyga xattotlik asosiy kasb va tirikchilik manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bu davrga kelib Muqimiy o‘zining jo‘shqin lirikasi va davrning hukmron ijtimoiy guruhlarini achchiq tanqid ostiga oluvchi hajviy asarlari, yumorlari bilan shuhrat qozonadi. O‘z davri adabiy harakatining yetakchilaridan biriga aylanadi. Muqimiy Qo‘qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qiladi.


Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin