Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu
BILIB OLING. Ma'lum bir geografik hududga atab qo'yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o'lka, nomlari qo'shma so'z shaklida bo'lganda tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi.
ESDA TUTING. Tarkibida bo'yi, orti, oldi so'zlari ishtirok etgan joy nomlari qo'shib yoziladi.
Surxondaryo, Buloqboshi, To'rtko'l, Qorovulbozor, Amerika Qo'shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Marjonbuloq, Jarqo'rg'on Markaziy Osiyo, O'zbekiston Respublikasi.
. Gaplarni ko'chiring, joy nomlarini topib, ularning hosil bo'lishini izohlang.
1. Jiydakapa do'ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. (X. Sultonov) 2. Zahro «Tuproqqo'rg'on» darvozasiga yetib borganda, vaqt tushga yaqinlashib qolgan, kun iliq, havoda o'rik gullari chirpirar edi. (U. Nazarov) 3. Balandmachitdan o'tib, Beshyog'ochga chiqamiz. (Oybek) 4. Xatirchiga borish uchun poyezddan Zirabuloq bekatida tushiladi. (G'. Salomov) 5. Qani endi, Yaypanga borsak, Qudashga borsak, Buvaydaga borsak, Oqqo'rg'onga borsak, seni ham olib boraman. (Abdulla Qahhor)
Joy nomlarini ma'no guruhlariga ajratib jadvalga joylashtiring.
Cho'ponota, Amudaryo, Yevropa, Afrika, London, Qashqadaryo, Dashnobod, Koson, Osiyo, Ellikqal'a, Shirmonbuloq, G'ijduvon, Tomdi, Samarqand, Beshkent, Qamashi, Surxondaryo, Xorazm, Italiya, Uzunko'cha, Uchtepa, Naymancha, Ispaniya, Gruziya, Chorsu, Jartepa, Sariosiyo, Yaponiya, Xovos, G'azalkent, Mang'it, Xonqa, Shirmonpazlik, Temirchilik, Avstraliya, Yangichek, O'rtasaroy.
Dostları ilə paylaş: |