Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə105/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

NEVARA Ulug‘bekka
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog‘ozni yular.
Damda varrak yasab ko‘kka uchirib,
Izidan qop-qora ko‘zlari yurar.
Varrak tortar shekil, murg‘akni kuch-la
Oyoq tirab siltar dakani kibor.
Ayrilib qog‘ozdan, she’rdan va hushdan
Boqaman varrakboz jonga baxtiyor.
Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,
Ko‘kish alangada yonar soch-u qosh.
Borlig‘i ezgu bir o‘t bo‘lsa kerak,
Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.
Daka varrak tiniq zangori fazo
Tubiga intilar, sho‘ng‘ir naq xayol.
Talpingan ko‘ksingda, bolakay, ne bor,
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?
Nevara bo‘lmasa, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA
Bog‘lar qiyg‘os gulda - yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk,
o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda,
har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri bin uchun qudrat, himoya.
Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qay da tole serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.
Bir qardosh tinchisiz - o‘zga beorom
Binning nonisiz - o‘zga emas to‘q...
Bu - qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo‘lmasaydi odamzot albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.





Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish
Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa. Mustahkamlash


Sana:_________________ Sinf: ________________

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin