Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: –sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: grammatik boshqotirma chizmasi.
Darsning borishi: Darsning rejasi: 1. Sintaksis haqida ma'lumot.
2. Gapda tinish belgilarining ahamiyati.
Bu darsda o’quvchilar boshqatildan o’zlashgan tilshunoslikning ilmiy atamalariga ilk bor duch keladilar. O’qituvchi bu atamalarga alohida e'tibor bilan to’xtalib, bundan keyin ham shunday atamalar uchrashini tushuntiradi. Sof ilmiy tushunchalar olamiga endi kirib kelayotganlari uchun darslikda berilgan qoidalarni o’quvchilarga batafsil, kengaytirilgan holda tushuntirish, qo’shimcha misollar yordamida izohlash lozim. Sintaksis va punktuatsiyaning bir-biriga bog'liqligi uqtiriladi. Buning uchun ikki dars oldin o’tilgan maqsadga ko’ra gap turlariga qaytib, gap qoliplari sintaksisga, ularga qo’yiladigan tinish belgilari punktuatsiyaga tegishligi tushuntiriladi. Berilgan barcha mashqlar o’quvchilarning ijodiy ishlashi, mustaqil fikrlashi uchun qaratilgan. Mashqlarning shakli, sharti turlicha bo’lsa-da, ularni quyidagi uchlik birlashtirib turadi: Talaffuzda: gap — ohang — ma'no Yozuvda: gap — tinish belgisi — ma 'no Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish