E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: kelishik qo’shimchalari jadvali.
Darsning rejasi: 1. Kelishik qo’shimchalari haqida ma'lumot.
2. Kelishik qo’shimchalarining vazifalari.
Dars doskaga quyidagi so’z birikmalarini yozish bilan boshlanadi: kitobni o 'qish, maktabga borish, bolalarning kattasi, uydan chiqmoq.
O’quvchi I ardan yuqoridagi so’z birikmalarini bir-biriga bog'lash uchun qanday vositalardan foydalanilgani so’raladi, bu bilan o’qituvchi muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar bog'lovchi vositalar sifatida kelishik qo’shimchalaridan foydalanilganini aytadilar.
Darslikdagi 1-va 2-topshiriqlar ham bajartiriladi, 2-topshiriqdagi kitob, kitobning, kitobni, kitobda, kitobdan, kitobga so’zlarini o’qidim, muqovasi, oldim, yozilgan, ko’chirdi, xabardor bo’ldi so’zlaridan muvofiq kelgani bilan bog'lab doskaga yozadilar. Kelishik qo’shimchalarining tagiga chizdiriladi.
Kelishik qo’shimchalari jadvalini o’quvchilar daftarlariga ko’chirib oladilar. 239-mashqda berilgan matnni darslikdan o’qib mazmunini so’zlab beradilar. Shu o’rinda o’quvchilardan kelishik qo’shimchalarining ahamiyatini so’rash ham mumkin. Ularning javobi xulosalanib, nazariy ma'lumotlar yetkaziladi
.Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: EGALIK. QO’SHIMCHALARI Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad-o’quvchilar ongida egalik qo’shimchalari haqida bilim va malaka hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad o’quvchilarni sportga muhabbat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quchilarda muomala madaniyatini shakl-
lantirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya: – o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.