Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: mavjud ko’rgazmali qurollar, turli kasb egalarining portretlari, joylarning tasvirlari.
Darsning rejasi:
1. Ot so’z turkumi va uning mazmuniy guruhlari.
2. Shaxs otlari.
3. Narsa-buyum otlari.
4. O‘rin-joy otlari.
5.Otlarning birlik va ko’plikda ishlatilishi.
O’qituvchi darsni o’quvchilarga ot mavzusi ostida berilgan uchta topshiriqni bajartirishdan boshlaydi. Turli xil so’zlarni aytib, ularning ichidan kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladiganlariga e'tiborni qaratadi. Ularni uch guruhga bo’ladi.
1. Shaxs otlari: binokor, darvozabon, fazogir, qizcha, bola.
2. Narsa-buyum otlari: piyola, olma, radio, kasseta, kitob.
3. O’rin-joy otlari: gulzor, toshloq, dala, Dashnobod, Nurota.
Otlarning shaxs, narsa-buyum va o’rin-joy nomini bildirishini, kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’lishini ta'kidlaydi.
Mashqlarni ishlash jarayonida otlarning egalik va kelishik qo’shimchalarini olib turlanishiga alohida diqqatni qaratadi.
Dostları ilə paylaş: |