Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) I. Darsning borishi: a)salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Ma'nosini aytib bering.
Tilimiz nihoyatda boy va rang-barang. Bir tushunchani turfa so‘zlar vositasida ifodalash bilan birga, o‘zingizning turli xil munosabatingizni ham ifodalashingiz mumkin. Masalan: jilmaymoq, miyig‘ida kulmoq, kulmoq, tabassum qilmoq, xaxolamoq, qah-qah otmoq, tirjaymoq, ishshaymoq kabi o‘ndan ortiq so‘zlar orqali kulish holatini ifodalaysiz va shu bilan birga kulayotgan shaxsga o‘zingizning ijobiy yoki salbiy bahongizni berasiz.
Musiqa asboblari, masalan, dutorni olaylik. Dutor o‘zidan turli-tuman ovoz chiqarish imkoniyatiga ega, lekin undan hamma har xil foydalanadi.
Agar ustasining qo‘liga tushsa, u shunday sayraydiki, yurakni sel qiladi. So‘z ham shunday. Uni qanday jilolantirish, qanday sayratish so‘zlovchi mahoratiga bog‘liq. Siz so‘zlardan mahoratli foydalanishni o‘rganing.
Leksikologiya yunoncha lexikos-«lug‘at», logos-«ta'limot»so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z haqidagi, to‘g‘rirog‘i, so‘z ma'nolari haqidagi ta'limotdir.
Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ MAVZU:O'ZLIK NISBATI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.