Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Qanday rang-tus, maza-ta'm va hid bildiruvchi so'zlarni bilasiz? Ularni otlar bilan bog'lab, birikmalar tuzing.
BILIB OLING. Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-ta'mini bildirgan sifatlar maza-ta'm sifatlari, hidini bildirgan sifatlar hid sifatlari deyiladi.
382-mashq. Matnni o'qing. Maza-ta'm va hid bildiruvchi sifatlarni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirib yozing.
1. Qaymoq bozoriga kirib, u kosadan yalab ko'rib, «achchiq» deb, bu kosadan yalab ko'rib, «suyuq» deb yursam, bir burchakda Ubay o'tiribdi. (G'afur G'ulom) 2. Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. Juda shirin. Bu qanday non o'zi? (Parda Tursun) 3. Lobarxon oyoqlarida zo'rg'a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay, tinmay jilmayar edi. (Mirzakalon Ismoiliy) 4. Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. (S. Mardiyev) 5. Bir g'uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. (Qodir Dehqon)
383-mashq. Gaplarni ko'chiring. Rang-tus sifatlarining tagiga chizing.
1. Sap-sariq oltinday cho'girilar, ko'k beqasam to'n kiyishib yotgan ananaslarni yegani ko'zingiz qiymaydi. (O'. Umarbekov) 2. Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov kelmoqda. (A. Qosimov) 3. Ko'z tashlab ko'rilsa, ko'm-ko'k suv ko'k charxiga o'xshaydi. Suvning etagi ko'k bilan birlashib ketgan. (G'afur G'ulom) 4. Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi. (Oybek) 5. Bahor keldi. Maktab sahnidagi o'riklarni oq, pushti gullar bilan bezadi. (Parda Tursun) 6. Yo'llarimda zangori ko'llar, oyna kabi tiniq va bejon. (Usmon Nosir)
Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish
Dostları ilə paylaş: |