Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə81/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Ko'chiring. Sifatlarning gap tarkibida qanday so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlang.
1. Yaxshidan bog' qoladi, yomondan — dog'. (Maqol) 2. Ilg'orlarga mukofotlar topshirildi.


2-topshiriq. O'qing. Sifat bog'langan otlarni tushirib, gaplarni ko'chiring. Sifat vazifasida qanday o'zgarish bo'lganini ayting.
1. Sinfimizda a'lochi o'quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2. Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo'ladilar. 3. Oramizda bilimdon o'quvchilar ko'p. 4. Dangasa odamning bahonasi ko'p.

BILIB OLING. Sifat bog'lanib kelgan ot ba'zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma'nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko'plik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega bo'ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.




385-mashq. Otlashgan sifatlarni aniqlang. Ularning gapdagi vazifalarini belgilang.
1. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo'lsa, olovdan uzoqroq o'tirishar edi. (Ertakdan) 2. Dono, aqllilar hech qachon yo'ldan adashmaydi. («Odobnoma») 3. Endi senlar o'qib, oq-qorani taninglar, — deydi Xoliyor amaki. — Hozir dunyo ilmli odamlarniki. (N. Tilavov) 4. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin. (Yusuf Xos Hojib) 5. Yomon-u yaxshini xulqidin anglag'il, Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil. (Navoiy)


Egri, to'g'ri, katta, kichik, oq, qora, dono, nodon so'zlari ishtirokida gap tuzish bo'yicha musobaqa o'tkazing. Sifatlar gapda otlashib kelsin.
Namuna: 1-guruh: To'g'ri o'zadi, egri to'zadi. 2-guruh: To'g'rining gapi sariyog', egrining gapi to'mtoq.

Maqollardagi otlashgan sifatlarni aniqlang. O'zingiz ham shunday maqollarga misollar ayting.


l.Yomon bilan yo'ldosh bo'lsang, Yomondan burun o'lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, Yaxshilik bilan unasan. 2. Dono — durdan a'lo. 3. Baxilning qo'lida oy bo'lsa, olamni yoritmas. 4. Kattaga katta bo'l, kichikka — kichik. 5. Hunarli o'lmas, hunarsiz kun ko'rmas. 6. Achchiqni achchiq kesar.
l. Sifatlar qachon otlashadi?
2. Sifatlar otlashganda qaysi qo'shimchalarni oladi?
3. Otlashgan sifatlarning gapdagi vazifasi haqida so'zlang.



Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin