Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so'z gapning asosiy mazmu-nini bildiradi. Bu — gapning asosi bo'ladi.
Gapning asosini belgilash uchun ushbu gapni o'qiymiz. O'quvchi mehnatni sevadi. Avval so'roq berib, gap kim (yoki nima) haqida aytilganini bildirgan so'zni topamiz: (kim?) o'quvchi; uning tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz.
Keyin so'roq berib u (o'quvchi) haqida nima deyilganini bildirgan so'zni topamiz: (nima qiladi?) sevadi va uning tagiga ikkita chiziq chizib belgilaymiz.