Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Mavzu: Yil davomida o’tilganlarni takrorlash



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə182/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Mavzu: Yil davomida o’tilganlarni takrorlash.

Maqsad: a) o’quvchilar bilimini tekshirish, olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) yil davomida o’tilganlarni takrorlash.

d) o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish.

Darsning uslubi: test, savol-javob.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish.

II. Test sinovi.

1. Bo'g'inga to'g'ri ajratilgan so'zni belgilang:

A) sha-rf B) has-sa D) as-al



2. Bo'g'inga ajratilmaydigan so'zni belgilang:

A) tilla B) aziz D) cho'l

Bir yo'ldan ikkinchi yo'lga bo'g'inlab ko'chirilmaydigan so'zlarni belgilang (3-4):

3. A) mehnat B) o'tin D) Fayoz

4. A) qaychi B) Malika D) mard



Qaysi so'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'lga noto'g'ri ko'chirilgan (5—6):

5. A) o-dobli B) ik-ki D) bi-lim

6. A) gul-lar B) mak-tab D) Ozod-a

Noto'g'ri yozilgan so'zlarni belgilang (7—8):

7. A) millat B) tarvuz D) maktab

8. A) Xurshid B) tuz D) tartip

Bosh harf bilan yoziladigan so'zlarni belgilang (9-11):

9. A) baxtiyor B) ko'cha D) mushuk

10. A) sigir B) shahar D) o'zbekiston

11. A) daryo B) buxoro D) maymun



12. S, q, sh jarangsiz undoshlarning jarangli juftini toping:

A) B, g', z B) d, g, j D) z, g', j



Nuqtalar o'rniga i unlisi qo'yiladigan so'zlarni belgilang (13—14):

13. A) o'r...k B) an...r D) qul...pnay

14. A) anj...r B) sup...rgi D) sov...q

15. Qaysi undoshlar aytilishda tushib qoladi?

A) v, f B) z, s D) d, t



Nuqtalar o'rniga u unlisi qo'yiladigan so'zlarni aniqlang (16—17):

16. A) m...x B) shot...t D) x...rmon

17. A) Cho'm...ch B) zanj...r D) tux...m

Nuqtalar o'rniga x undoshi qo'yiladigan so'zlarni belgilang (18—19):

18. A) ya...malak B) me...mon D) ...arf

19. A) ...issa B) ta...ta D) ...isob

Nuqtalar o'rniga b undoshi qo'yiladigan so'zlarni belgilang (20—21):

20. A) tur... B) to'... D) ofto....

III. Testni tekshirish. Tahlil etish. Javoblar tahlil etiladi.

Savol-javob o’tkazaman:

• «Nutq nima? Nutqning qanday shakllari bor?

•Nutqning yozma shakli nima deb nomlanadi?

• Matn qanday gaplardan tuziladi?

•Matnni nimalarga bo'lish mumkin?

• Matnga nima qo'yiladi?

• O'zbek tilida nechta tovush bor?

• Tovushlar yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi?

• Tovushlarni nima uchun ikki turga bo'lamiz?

• Unlilar yakka o'zi so'z hosil qiladimi? Undoshlar-chi?

• Jarangli va jarangsiz undoshlarni qanday farqlaysiz?

• So'zda unli tovush ko'p qo'llanadimi yoki undosh tovush?

• Undoshdan unlisi ko'p bo'lgan so'zlarni bilasizmi?



IV. Uyga vazifa: takrorlash. V. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin