129-dars
Mavzu: Takrorlash. 289-291- mashqlar.
Maqsad. A) Ta’limiy: Matndagi gaplardan shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini va sanog'ini bildirgan so'zlarni aniqlab bilib olish ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda olgan bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, mustahkamlash.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Darsning maqsadini tushuntirish.
— Bu darsda shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sanog'ini bildirgan so'zlar haqidagi bilimlarni takrorlaymiz.
So'zlarning leksik ma'nosi, ulardan matnda foydalanish va yozilishini kuzatish.
Matnda berilgan gaplardan so'rog'iga javob bo'lgan va narsalar nomini bildirgan so'zni", narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zni aniqlash. 289- mashq.
So’z nimalarni bildiradi? Narsa va shaxs nomini, uning harakatini, belgisini va sanog’ini bildirgan so’zlarga misollar keltiring.
3. 290- mashqni bajarish. Narsani bildirgan so’zlar tagiga bitta, harakatni bildirgan so’zlar tagiga ikkita chiziq chizing.
4. Matnni o'qib, qancha?, nechta.? so'roqlariga javob bo'lgan va narsalar sanog'ini bildirgan so'zlarni aniqlash. 291- mashq.
Dostları ilə paylaş: |