Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə172/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Husnixat daqiqasi

Bosh “N” harfi uch unsurdan iborat boiib, unsurlarga ajratilmay bir ustun shaklda yoziladi. Ammo kichik harflar qo‘shimcha unsur bilan bogiab, yozishda qoi harakati uzib yoziladi.

Daftarga bir qator bosh “N” harfini va shu harf bilan bogiangan so‘zlarni yozadilar: Naima, Namangan, Navro ‘z.

Rasmlarga qarab reja asosida og‘zaki hikoya tuzish.

O‘quvchilarga rasmni kuzatish, bolalarga ism qo‘yib, rasm-ning har bir qismiga gaplar tuzish topshirig‘i beriladi. 0‘quvchilar reja asosida uch boiimli hikoya tuzadilar va hikoyaga sarlavha qo‘yadilar.

1. O‘quvchilar rasmlami tartibi bilan ko‘radilar. Rejani o‘qiydi-lar va savollarga javob beradilar. Birinchi rasmni kuzating.

- Bolalar qayerga borishibdi? (Baliq oviga.)

- Ularning ismlari nima ekan? (Tolib va Murod.)

- Murod nima qilyapti? Tolib-chi?

(Murod qarmog’ini tayyorlayapti. Tolib baliq ovlashga kirish-di.)

Ikkinchi rasmga qarang.

- Qanday voqea ro‘y berdi?

(Tolib suvga tushib ketdi. U o‘rtog‘ini yordamga chaqirdi.)

Uchinchi rasmni ko‘ring.'

- Murod nima qildi?

(Murod o‘rtog‘iga yordam berish uchun o‘zini suvga tashladi. U Tolibni suvdan olib chiqdi.)

2. O‘quvchilar tartib bilan rasmlami ko‘rib, rejani o‘qib qayta hikoya qiladilar.

Tolib va Murod baliq oviga borishdi. Tolib baliq ovlashga ki-rishdi. Murod qarmog‘ini tayyorlayotgan edi. Tolib sirg‘anib suvga tushib ketdi. U o‘rtog‘ini yordamga chaqirdi. Murod o‘zini suvga tashladi. Tolibni suvdan olib chiqdi.

Ana qarang, qanday inoq do‘stlar ekan! Agar sizning o‘rtog‘ingizga yordam kerak bo‘lib qolsa, siz nima qilar edingiz? (0‘quv-chilar javobi tinglanadi.)

Reja asosida uch bo’limli hikoya tuzish.

- Hikoyaga sarlavha qo‘yish va yozish.

- Hikoyangizga qanday sarlavha qo‘yish mumkin?

(«Inoq o‘rtoqlar», «Sodiq do‘st», «Baliq ovida»...)

Dam olish daqiqasi

Erkatoyning qulog 7 Qaygadir qochib ketdi. Go ‘yo chiqib qanoti Lochindek uchib ketdi.

Matnning har bir qismini to‘g‘ri yozish hamda mazmuniy-uslubiy va imloviy xatolarsiz tayyorlash.

- Hikoyangiz nechta boiimdan iborat? Nima uchun? (Hikoya uch boTimdan iborat. Chunki hikoya uchta rasm va uch qismdan iborat reja asosida tuzildi.)

Matnni tushuntirib yozdirish. Ay rim o'quvchilarga alohida yordam berish.

O‘quvchilar birinchi qatorga sanani, keyingi qatorga sarlavhani qo‘yib matnni yozadilar.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

Ekranda 287-mashqda berilgan rasmlar namoyish etiladi. Reja o‘qilayotganda rasmlar tartibi bilan kattalashib joyiga qaytadi.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 288-mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin