134- DARS
Mavzu: Yil davomida o’tilganlarni takrorlash.
Maqsad: a) o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
b) o’tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamalsh.
d) o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar.
Darsning uslubi: savol-javob, mustaqil ish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
• Matnga nima qo'yiladi?
• O'zbek tilida nechta tovush bor?
• Tovushlar yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi?
• Tovushlarni nima uchun ikki turga bo'lamiz?
• Unlilar yakka o'zi so'z hosil qiladimi? Undoshlar-chi?
• Jarangli va jarangsiz undoshlarni qanday farqlaysiz?
III. Topshiriqlar asosida ishlash.
1-topshiriq. Chiziqchalar o'rniga qancha? nechta? va nechanchi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yib ko'chiring.
Nam una: 15- maktab, ...
Biz ______ sinfda o'qiymiz. Sinfimiz keng va yorug'. Sinfimizda _____ parta, ______ stol va ______ ta stul bor. Sinfimizning burchagida _______ kitob javoni bor. Bu javonda kitob, daftar, ruchka va boshqa o'quv qurollari saqlanadi. Har partada _______ bola o'tiradi. Men o'rtog'im Habibulla bilan ________ partada o'tiraman. Biz sinfimizni doim ozoda tutamiz.
Habibulla so'zi o'rniga partadoshingizning nomini qo'yib yozing. Tartib bildirgan sonlarni raqam bilan yozing. Raqamlardan so'ng chiziqcha qo'yishni unutmang.
2-topshiriq:
Chiziqchalar o'rniga sanalarni qo'yib, matnni qayta o'qing. Qaysi birida matn mazmuni to'liq ifodalangan?
_______ - yil ______ - sentabr —Mustaqillik kuni.
______ -yil ________ - noyabrda Davlat bayrog'i haqidagi qonun tasdiqlandi.
______ - yil _______- iyulda O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi haqidagi qonun tasdiqlandi.
______ - yil _______- dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
______ - yil ______ - dekabrda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
Sanalarni qo'yib, matnni ko'chiring. Nechanchi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni ayting.
Dostları ilə paylaş: |