128-dars
Mavzu: Xatolar ustida ishlash.
Maqsad. O'quvchilar ishini tekshirib, ko'pchilik yo'l qo'ygan xatolami aniqlash va xatolar ustida birgalikda ishlash uchun mashqlar tayyorlash; ayrim o'quvchilargina yo'l qo'ygan shaxsiy xatolarni aniqlash va ularga mos topshiriqlar tayyorlash. Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
1. O'quvchilar yozgan so'zlarini o'qiydilar. O'qituvchi tavsiya etgan ikkita so'z tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi: o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlab o'qiydilar, har bir bo'g'in qaysi tovushlardan tuzilganini aytadilar. Bir-ikki undosh tovushni to'g'ri talaffuz qilib ko'rsatadilar, shu undosh tovushni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shovqin eshitilishini bilganlaricha aytadilar.
1. O'quvchilar diktantni qanday yozganlari yuzasidan o'qituvchi xulosasini eshittirish.
O'qituvchi o'quvchilar diktantni, asosan, yaxshi yozganlarini, ammo ayrim xatolarga yo'l qo'yilganini o'quvchilar nomini aytmay, bir-ikki misol bilan izohlaydi.
Diktantni xatosiz, chiroyli yozuv qoidalari va xatboshilarga rioya qilib yozgan o'quvchilami hamda bu ishni oldingilariga nisbatan yaxshi yozgan ayrim o'quvchilami rag'batlantiradi.
2. Yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.
Gapni yozishda ayrim so'zlarni tushirib qoldirib, gap oxiriga nuqta qo'ymay, gapni kichik harf bilan boshlab yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.
O'quvchilar xato yozgan gaplar darsdan oldin xattaxtaga yozib qo'yiladi. O'qituvchi yoki o'quvchi gapni o'qib beradi. Gapni bosh harf bilan boshlash, oxiriga nuqta qo'yish haqidagi qoidalar eslatiladi. Xattaxtadagi gap berkitiladi. Shundan so'ng gap aytib turib yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini xattaxtada yozilgan gapga qiyoslab tekshiradilar.
So'zni yozishda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.
Xato yozilgan so'zlar bilan lug'at diktant o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilar xatoga yo'l qo'ygan so'zlarni aytib turib yozdiradi. Ular yozganlarini imlo lug'atiga qarab tekshiradilar.
III. Ayrim o'quvchilargina yo'l qo'ygan xatolar yuzasidan ularga topshiriqlar beriladi.
IV. Test materiallari bilan ishlash.
Test sinovi
1. Yuguryapti so’zi qanday so’roqqa javob bo’ladi?
a) nima qildi? b) nima qiladi? d) nima qilyapti?
2. Bog'bon so'zi qanday so'roqqa javob bo'ladi?
a) kimlar? b) nima qildi? d) kim?
3. Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping.
a) bola b) olma d) ona
4. Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so'zni toping.
a) kirib keldi b) yashil d) olti
5.Narsa va shaxsning sanog'ini bildirgan so'zni toping.
a) lola b) 7 ta d) chiroyli
6. Ketma-ket kelgan birxil undosh qaysi javobda?
a) kitob b) anor d) katta
7. Sen oldingmi? Bu gap qanday gap?
a) darak gap b) so'roq gap d) his-hayajon gap
8. O'zbek tilida undosh tovushlar nechta?
a) 22 ta b) 23ta d) 24ta
9. O'zbek tilida nechta undosh harf bor?
a) 22 ta b) 23 ta d) 24 ta
10. Gap nimani bildiradi?
a) mazmun bildirmaydi
b) tugallanmagan mazmun bildiradi
d) tugallangan mazmun bildiradi
V. Darsni yakunlash.
— Sizlar yo'l qo'ygan xatolarning oldini olish uchun nimalarni yodda tutishingiz zarurekan? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar, o'qituvchi umumlashtiradi.)
Dostları ilə paylaş: |